Qayd qilinişiça, joriy yil birinçi çorakda 8 milliard 700 million dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar özlaştirilib, ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 20 foizga ösdi.
Bu mablağlar evaziga energetika, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, transport, qişloq va suv xöjaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda köplab muhim loyihalar amalga oşirilmoqda. Bunda qöşilgan qiymat va iş örinlari yaratişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Birinçi yarim yillik yakuni bilan 18 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar özlaştirilişi kutilmoqda.
Umuman, 2025 yilda 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilişi, 81 ta yirik, 8 mingdan ortiq örta va kiçik loyihalar amalga oşirilişi közda tutilgan.

Mutasaddilarga har bir loyiha böyiça manzilli işlab, barça vazirlik, hokimlik va tarmoq rahbarlarini jalb qilib, tegişli masalalarni öz vaqtida hal etib boriş yuzasidan körsatmalar berildi.
Hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranişlar şaroitida har bir investor bilan yaqindan işlab, xorijiy sarmoyalar samaradorligini oşiriş zarurligi ta’kidlandi. Eng asosiysi – yangi investitsiya loyihalarini tezroq işga tuşirib, sanoat tarmoqlarini rivojlantiriş va diversifikatsiya qiliş hamda yuqori daromadli iş örinlarini yaratiş muhimligi qayd etildi.









