«Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaşning 2025 yil 5 martda ötkazilgan kengaytirilgan yiğilişida belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş böyiça işlab çiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar röyxati va amaliy çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Korrupsiya va jinoyatçilikka qarşi kuraşişda parlamentning rolini tubdan oşiriş maqsadida Oliy Majlis palatalariga quyidagilar tavsiya etildi:
- har yili budjetdan eng köp mablağ oladigan uçta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etiş böyiça takliflar kiritiş;
- vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegişliça Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari kengaşlarida körib çiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini oliş böyiça aniq reja himoya qilinişiga oid tartibni qonun hujjatlarida belgilaş;
- xalqaro tajribani örganib, kibermakonda korrupsiyaga qarşi samarali kuraşiş böyiça mustahkam huquqiy baza yaratiş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş;
- işçi guruh tuzib «jinoyatçilikka qarşi kuraşiş haftaligi»da har oyning 1–5 sanalarida «qizil» toifadagi mahallalarda jinoyatlarning kelib çiqiş sabablarini çuqur tahlil qiliş;
- hududiy prokurorlar va içki işlar organlari boşliqlari faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça tavsiyalar beriş hamda xalqçil taşabbuslar asosida qonunlarni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş.








