Isroil va HAMAS harakati örtasidagi muzokaralarda vositaçilik qilayotgan Misr va Qatar öt oçişni töxtatiş va Ğazo sektorida garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça yangi taklifni ilgari surdi, deb xabar berdi BBC.
Taklif «beş yildan yetti yilgaça bölgan davrda öt oçişni töxtatiş, uruşni rasman tugatiş, Isroil armiyasini Ğazodan töliq olib çiqib ketiş va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik asirlar evaziga garovga olingan barça isroilliklarni ozod qilişni» öz içiga oladi.
Qatarning «Al-Arabiy Al-Jadid» gazetasining yozişiça, 20 aprel kuni Isroil delegatsiyasi vositaçilar bilan muzokaralar olib boriş va HAMAS bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erişiş uçun Qohiraga borgan. Xabarda aytilişiça, delegatsiya keça Misrning yuqori martabali rasmiylari bilan uçraşgan.
Ötgan hafta HAMAS Isroilning öt oçişni töxtatiş böyiça taklifini rad etdi, ammo uruşni tugatişni öz içiga olgan kengroq kelişuvni muhokama qilişga tayyorligini aytgan edi.
Isroil rasmiylari hozirça yangi sulh taklifiga izoh bermadi. Biroq, Isroil armiyasini Ğazodan töliq olib çiqib ketişni nazarda tutuvçi avvalgi sulh takliflarini rad qilib kelayotgan edi.










