Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) bir qator tezkor tadbirlarda pora oliş jinoyati ustida uşlanganlar haqida xabar berdi.

Jumladan, Toşkentdagi tumanlardan birining Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği umumiy örta ta’lim maktabida tarix fani öqituvçisini maktab direktori lavozimiga tayinlaş evaziga öz xizmat xonasida 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda «Yangiyöl» TIF bojxona posti inspektori Qozoğistondan olib kirilayotgan buğdoy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona körigi hamda rasmiylaştiruvidan muommosiz ötkazib beriş evaziga uçinçi şaxs orqali 2700 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Bundan taşqari, Samarqand viloyati, Jomboy tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği öz xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaroga yaşaş xonadonida xususiy maktabgaça ta’lim muassasasi oçişi uçun uning turar-joyini yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligi töğrisida xulosa beriş va kelgusida rahnamolik qiliş evaziga ta’magirlik yöli bilan 200 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Şu bilan birga, Samarqand viloyati, Paxtaçi tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi bölimi boşliği mahalliy korxonaga ekologik xulosa beriş, Qarnab qişloğidagi «Nakvoysoy» hududidan toş-şağal qazib olişiga ruxsat beriş hamda kelgusida rahnamolik qiliş uçun 2 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.