Özbekiston prezidenti 21 aprel kuni korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça yangi farmon imzoladi.

Farmonning ilovasiga köra, 2025 yilning avgust oyigaça töylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş böyiça parlament palatalari kengaşlarining qöşma qarori qabul qilinişi közda tutilgan.

Bundan taşqari, töy-haşam, ma’raka va marosimlardagi isrofgarçiliklarning oldini olişga qaratilgan tarğibot işlari kuçaytiriladi.

Amaldagi qoidalar qanaqa?

Özbekistonda töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ötkazişni tartibga soliş töğrisida nizom bor.

Bu nizom parlament palatalari kengaşlarining 2019 yil 14 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlanib, 2020 yil 1 yanvardan kuçga kirgan va hozir ham qonuniy kuçga ega.

2020 yil mart oyida bu qoidalarni buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik kiritildi. MJtKga qöşilgan 1921-moddaga köra, töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar ötkaziş tartibi rioya etmagan fuqarolarga 10 BHM (hozirda 3 mln 750 ming söm), töyxona va kafe-restoranlarning mansabdor şaxslariga 30 BHM (takroriy sodir etilsa, 50 BHM) miqdorida jarima belgilangan.

Töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ötkazişni tartibga soliş töğrisidagi nizomga köra, töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etiş marosimi bundan mustasno), soat 06:00 va 23:00 oraliğida ötkaziladi.

Töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda 200 nafargaça, bu tadbirlar munosabati bilan oş beriş marosimida 250 nafargaça kişi qatnaşadi. Qöşaloq töylarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida esa 300 nafargaça kişi qatnaşişi mumkin.

Dafn etiş va motam marosimlari köpi bilan uç kun mobaynida çeklanmagan miqdordagi fuqarolar iştirokida ötkazilişi mumkin, oş beriş marosimi bundan mustasno.

Milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bölgan turli şoularni, ortiqça vaqt va xarajat talab qiladigan töylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qöşimça rasm-rusumlarni («kelin navkari», «çorlar», «ota kördi», «sep yoydi», «quda çaqirdi», «kuyov çaqirdi», «kelin çaqirdi», «toğora yuboriş» va hokazolarni) ötkazişga yöl qöyilmaydi.