Özbekistondan Buyuk Britaniyaga ilk marotaba örik danagi mağzi eksport qilindi, deb xabar derdi «Dunyo» axborot agentligi.

Qayd qilinişiça, mahsulotning dastlabki partiyasi şu yil 18 aprel kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining «Toşkent-London» yönalişidagi reys orqali London şahriga yetkazib berilgan.

Ta’kidlanişiça, Özbekistonda yetiştirilgan örik danagi mağzi Britaniyaning yetakçi savdo tarmoqlarida sotiladi.

Xabarga köra, hozirgi kunda respublika korxonalari tomonidan Britaniya bozorlariga 30 xildan ortiq turdagi tovarlar, xususan, uzum, quritilgan va konservalangan meva hamda sabzavotlar, yonğoq, qovun va dukkakli mahsulotlar eksporti amalga oşirilyapti.