Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlanganidan beri birinçi marta ikki tomonlama muzokaralar ötkazişni taklif qildi.
Reuters xabariga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putinning taşabbusiga javob bermagan bölsa-da, Ukraina öt oçişni töxtatiş böyiça «har qanday suhbatga tayyorligini» ta’kidlagan.
Naşrning qayd etişiça, Putinning bu bayonoti AQŞ bosimi ostida yangragan, agar bu borada heç qanday muvaffaqiyatga erişilmasa, Qöşma Ştatlar tinçlikka erişiş harakatlaridan voz keçiş bilan tahdid qilgan.
«Biz har qanday tinçlik taşabbusiga ijobiy munosabatdamiz. Umid qilamizki, Kiyev rejimi vakillari ham şuni his qilişadi», dedi Putin.
Keyinroq, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident sözlarini şunday izohladi: «Putin tinç aholi nişonlariga zarba bermaslik masalasini, jumladan, ikki tomonlama asosda muhokama qiliş mumkinligini aytganida, u Ukraina tomoni bilan muzokaralar va muhokamalar olib borişni nazarda tutgan edi».
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya mojaroga tinç yöl bilan yeçim topiş uçun oçiqligiça qolmoqda. Peskov Amerika tomoni bilan iş olib borilayotganini eslatib ötdi va bu «natija berişiga» umid bildirdi.
2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli bosqini ilk kunlaridan buyon tomonlar örtasida töğridan töğri muzokaralar bölmagan.
Ötgan hafta oxirida AQŞ prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Marko Rubio bir neça kun içida muvaffaqiyatga erişa olmasa, tinçlik muzokaralaridan voz keçişi mumkinligini aytgan edi. Şundan söng Tramp ikki tomon «şu haftada» tinçlik kelişuviga erişişini başorat qildi.










