AQŞ Davlat samaradorligi departamenti rahbari Ilon Maskning amaldorlardan hafta davomida amalga oşirilgan işlar haqida yozma hisobot berişni talab qilgan buyruqlarini Amerikaning köplab idoralari oçiqdan-oçiq sabotaj qilmoqda. Boşqalar esa buni faqat rasmiyatçilik uçungina ijro etadi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Mask 22 fevral kuni davlat xizmatçilaridan amalga oşirilgan işlar haqida hisobot berişni talab qilgan. Barça federal idoralarga har bir xodimdan bir haftada bajarilgan beşta işni sanab ötiş talab qilingan xatlar kelgan. Mask «javob berilmasligi iste’foga çiqiş sifatida baholanişi»ni aytgan.

Ba’zi idoralar esa avvalboşidan bunday talablarni bajarişdan boş tortgan. Xususan, Maskning direktivasidan ikki kun keyin bölib ötgan hukumat apparatining yuqori mansabdor şaxslari iştirokidagi brifingda kadrlar xizmati boşqarmasi vakillari taşabbusni ixtiyoriy deb hisoblaşlarini, xodimlar allaqaçon yuborişga ulgurgan hisobotlarga e’tibor qaratilmasligini aytişdi.

Umuman olganda, Maskning ğoyasi kuçli qarşilikka uçradi, jumladan, Donald Trampning ba’zi eng yaqin maslahatçilari va Amerika vazirlari tomonidan ham. Şu sababli Oq uy ham köp ötmay xodimlar har haftadagi yutuqlar röyxatini yuborişi kerak yoki kerakmasligini vazirlarning özi hal qilişi mumkinligini e’lon qildi.

Xulosa qilib aytganda, deb yozadi The Washington Post gazetasi, hukumatda Maskning talablari böyiça siyosat izçil emas. Ba’zi agentliklar xodimlardan xatlarni talab qilişni butunlay töxtatgan, boşqalari esa ularni talab qiladi, lekin ularning mazmunini tekşirmaydi yoki javoblarni tahlil qilmaydi. Hozir ham har hafta hisobot yuboradigan köplab rasmiylar har safar bir xil qolipda yozişmoqda.

Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi mart oyi oxirida xodimlarga xat yuboriş «rağbatlantirilişi, ammo majburiy emas» deb hisoblanişini ma’lum qilgandi. Milliy soğliqni saqlaş institutlari (Soğliqni saqlaş vazirligi muassasasi) aprel oyidan boşlab xodimlarni endi xat yoziş kerak emasligidan ogohlantirib, agentlikning «öz samaradorligini baholaş jarayonlari» borligini qayd etgan.

Qişloq xöjaligi vazirligi amaldorlariga dastlab xatlarga javob bermaslik kerakligi haqida körsatma berilgan, keyin esa javob beriş mumkinligi, undan ham keyinroq esa – bu zarurligi, ammo «mutlaqo şart emasligi» aytilgan. Köplab xodimlar umuman javob bermaslikka qaror qilişgan, ba’zilari esa xabarlarni körib çiqayotgan odamlarni yoki dasturni «çalkaştiriş» uçun rus tilida javob bera boşlagan, deb yozadi The Washington Post.