Xitoy prokuraturasi mamlakat Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasida korrupsiyaga qarşi kuraşga mas’ul bölgan Li Ganni hibsga olişga order berdi, deb yozmoqda Xinhua agentligi.

Qayd etilişiça, Li Gan korrupsiyada ayblanmoqda. Tergov davomida aniqlanişiça, Li Xitoy Kommunistik partiyasi Markazqömiga mansabdor şaxslarni tanlaş va tayinlaşda pora olgan, şuningdek, noqonuniy tijorat faoliyati bilan şuğullangan.

Bundan taşqari, tergov versiyasiga köra, u foydali şartnomalar tuziş hamda Markaziy qömitada lavozim taqdim etiş evaziga turli kompaniyalar vakillaridan katta miqdorda pul va qimmatbaho buyumlar olib, xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan.

Yuqoridagi qonunbuzarliklar uçun Li Gan 7 aprel kuni lavozimdan olingan va Kommunistik partiya a’zoligidan çiqarilgan.

Eslatib ötamiz, 2024 yil dekabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Xux-xoto şahrining iqtisodiy va texnologik rivojlaniş zonasi işçi qömitasi sobiq kotibi Li Jianpin Xitoy Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlangan hukmga köra qatl etilgandi. Tergov xulosalariga köra, qariyb 2 milliard dollardan ortiq davlat mablağlarini özlaştirgan va 800 million dollardan ziyod pora olgan.