Amerikalik milliarder Ilon Mask may oyidan boşlab Tesla kompaniyasiga e’tiborini kuçaytiradi, çunki 2025 yil birinçi çoragida sotuvlar 20 foizga, foyda esa 71 foizga kamaygan. Bu haqda Politico xabar berdi.
22 aprel kuni investorlar bilan bölib ötgan suhbatda Mask kelajakda Hukumat samaradorligi departamentidagi (DOGE) faoliyatiga faqat «bir-ikki kun» sarflaşini aytgan. U özining davlat faoliyati biznesga ta’sir qilgan yoki yöqligini töğridan-töğri boğlamadi, biroq tan oldi: «Hukumatda işlagan vaqtim ma’lum bir ta’sir körsatdi».
Tesla umumiy daromadi 19,3 milliard dollarga (-9%), operatsion daromadi 0,4 milliard dollarga (-66 foiz) kamaydi. Asosiy sabablar: ta’minotning qisqarişi va avtomobillar narxining pasayişi.
Mask, Tesla ta’minot zanjirlari tufayli «tariflardan eng kam ta’sirlanganini» ta’kidladi. U, şuningdek, tariflarni pasaytirişga çaqirdi va ta’kidladi: «Buni prezident hal qilişi kerak».
DOGE işini himoya qilib, Mask dastur «isrofgarçilik va firibgarlikka qarşi kuraşda sezilarli yutuqlarga erişganini» aytdi va Tramp bilan hamkorlik muhimligini ta’kidladi: «Agar Amerika qulasa, hammamiz ölamiz - Tesla ham».
Avvalroq Reuters agentligi Ilon Mask boşçiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) sun’iy intellekt yordamida federal hukumat xodimlarini kuzatib borişini yozgan edi. Manbalarga köra, Mask departamenti AQŞ prezidenti Donald Trampga sodiq bölmagan xodimlarni qidirmoqda.
Bundan taşqari, AQŞ prezidenti Donald Tramp Maskning DOGE kompaniyasidagi faoliyati yakuniga yetayotganini aytdi. Şu bilan birga, u milliarder tez orada öz kompaniyalarini boşqarişga qaytişi kerakligini tan oldi.









