Ukrainaning Marganets şahriga Rossiya droni zarbasi oqibatida 9 kişi halok böldi, 30 kişi jarohatlandi. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Sergey Lisak xabar berdi. Uning sözlariga köra, dron korxona işçilari ketayotgan avtobusga urilgan.
23 aprelga ötar keçasi Rossiya qurolli kuçlari Dnepropetrovsk viloyatining Marganets şahriga dronlar bilan hujum qildi, dedi Lisak.

Avvalroq, u Dnepropetrovsk viloyatida tunda Rossiyaning törtta droni urib tuşirilgani, oqibatda ikki kişi yaralangani haqida xabar bergan edi.

23 aprelga ötar keçasi Rossiya harbiylari Ukrainaning bir qança hududlariga uçuvçisiz samolyotlar bilan hujum qildi. «Suspilne» ma’lumotlariga köra, Poltava viloyatiga zarba berilgan, dronlardan biri turar-joy binosi yaqiniga qulagan, uç kişi jarohatlangan. Odessa viloyatida uy-joy binolarida va korxonada yonğin sodir böldi, ikki kişi jabrlandi. Kiyev viloyatida dron parçalari qulaşi oqibatida Brovarskiy tumanidagi mehmonxona va restoran majmuasida yonğin sodir böldi, heç kim jabrlanmadi, deb xabar berdi Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati.
Rossiya tomoni holat yuzasidan hali izoh bermadi.









