Angliya: «Villa»ning komplekslari

APL. 34-tur
«Mançester Siti» — «Aston Villa» 2:1
Gollar: Silva (7), Nuneş (90+4) — Reşford (18, penalti).
«Mançester Siti» — Ortega, Nuneş, Diaş, Gvardiola, ÖRayli, Gundöğan, Kovaçiç, Silva, de Bryuyne (Akanji, 90+5), Makeyti (Doku, 74), Marmuş. 
«Aston Villa» — Martines, Keş (Disasi, 61), Konsa, Torres, Din, Kamara, Onana (Asensio, 76), Rojyers (Malen, 86), Tilemans, Remzi (Makginn, 61), Reşford (Uotkins, 76). 
Ogohlantirişlar: Din (35), Rojyers (50), Gvardiol (70), Nuneş (77), Uotkins (85), Silva (86).

Angliyada «Liverpul» va «Arsenal» birinçi va ikkinçi örinlarni heç kimga berib qöymasligi kundek ravşan. YeÇLga yöllanma beruvçi keyingi uç örin uçun esa qattiq kuraş ketmoqda. Mavsum yakuniga qadar beş tur qolganida uçinçi örindagi «Nyukasl» va yettinçi örinda kelayotgan «Aston Villa» örtasida atigi ikki oçkolik farq bor edi.

Şuning uçun hafta oxirida «Uembli»da Angliya kubogi yarimfinalida öynaydigan «Mançester Siti» ustozi Xosep Gvardiola «Aston Villa»ga qarşi öyin oldidan jamoasini navbatdagi final kutayotgani haqida gapirdi. «Şaharliklar» va birminghemliklar özaro öyinda ğolib bölgan jamoa uçinçi öringa çiqib olardi.

Mehmonlar esa 20-soniyadayoq hisobni oçişi mumkin edi: Markus Reşford «Siti» mudofaasidagi xatolikdan foydalanib, jarima maydoniga yorib kirdi va uzoq burçakka zarba yölladi, ammo töp ustunga bordi. Gvardiola jamoasi tezda öziga keldi. Mezbonlar darhol taşabbusni qölga oldi, 7-daqiqada Ruben Diaş çap qanotga diagonal pas berdi, Marmuş jarima maydoniga kirib keldi va orqaroqqa töp uzatdi, Emiliano Martines Bernardu Silvaning zarbasiga ulgurdi, ammo töp baribir törga borib tuşdi.

«Siti» ustunlikka erişgaç, hujum qilişda davom etdi, mehmonlarning rejasi özgarmadi: Unai Emeri şogirdlari maydonga qarşi hujumlarda omadini kutardi. 16-daqiqada Jyeykob Remsi jarima maydoniga yorib kirdi va Ruben Diaş bilan kontaktdan keyin yiqildi, hakam Kreyg Pouson videotakrorni borib körib, 11 metrlik nuqtani körsatdi, Reşford esa qaytarib bölmas zarba yölladi – 1:1.

«MYu»dan ijaraga olingan forvard «Siti»ning joriy mavsumda öz stadionida ötkazib yuborilgan gollari sonini 22 taga yetkazdi, bu esa 2003/04 yillar mavsumidan buyon eng yomon körsatkiç (24 gol). Gvardiola murabbiylar zonasida şou uyuştirişda davom etdi, zaxira hakami bilan hissiyotli suhbatidan keyin sariq kartoçka oldi. U butun öyin davomida maydon çetida turib, faol ravişda e’tiroz bildirdi va operator e’tiborini öziga qaratdi. Natija muhimligi Gvardiolani katta bosim ostida qoldirgandi.