Qöşma Ştatlar Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça «tinçlik rejasini» taqdim etdi, unda AQŞ Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olişi va 2022 yildagi bosqindan keyin egallangan deyarli barça hududlar ustidan Rossiya nazoratini norasmiy tan olişi qayd etilgan. AQŞ Londondagi yiğilişda bu taklifga Ukrainaning javobini kutmoqda, deb yozdi Axios.
Ukraina hukumatiga yaqin manbaning naşrga aytişiça, rasmiy Kiyev bu taklifni Rossiya manfaatlariga juda mos, deb hisoblaydi.
«Taklifda Rossiya qanday moddiy foyda olişi juda aniq körsatilgan, biroq Ukraina nima olişi noaniq va umuman körsatilgan», dedi manba.
Ukraina Tramp taklifiga köra nima oladi?
1. «Işonçli xavfsizlik kafolati», bu Yevropa davlatlarining maxsus tinçlikparvar guruhini va ehtimol, hamfikr bölmagan boşqa mamlakatlarni ham öz içiga oladi. Biroq hujjatda bu tinçlikparvar operatsiya qanday işlaşi aniq emas va AQŞ iştiroki haqida heç narsa aytilmagan.
2. Xarkov viloyatining Rossiya tomonidan bosib olingan kiçik bir qismi qaytariladi.
3. Ukraina janubidagi ayrim hududlarda front çiziği böylab oqib ötadigan Dnepr daryosiga tösiqsiz kiradi.
4. Kompensatsiya va qayta qurişda yordam. Biroq hujjatda moliyalaştiriş qayerdan kelişi aytilmagan.
5.Zaporojiye atom elektr stansiyasi Ukraina hududi hisoblanadi, lekin Qöşma Ştatlar tomonidan boşqariladi va energiya ham Ukraina, ham Rossiya bilan ta’minlanadi.
6. Hujjatda, şuningdek, qazilma boyliklar böyiça AQŞ-Ukraina şartnomasi ham tilga olingan.
Rossiya Trampning taklifiga köra nima oladi?
1. AQŞ Qrimning Rossiyaniki ekanini «de-yure» tan oladi.
2. Rossiya tomonidan Lugansk viloyati, Donetsk, Xerson va Zaporojiye viloyatlarining işğol qilingan qismlari «de-fakto» tan olinadi.
3. Ukrainaning NATO a’zosi bölmasligi haqidagi va’da, biroq, Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismi bölişi mumkin.
4. 2014 yildan beri joriy qilingan sanksiyalar bekor qilinadi.










