AQŞ prezidenti Donald Tramp 23 aprel kuni Londonda Yevropa, Kiyev va Vaşington delegatsiyalari örtasida Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga soliş böyiça ötkazilgan muzokaralarni yuqori baholadi. Translatsiya Fox News tomonidan olib borildi.
Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Tramp uçraşuv samarali ötganini va mojaroni hal qilişda mumkin bölgan taraqqiyot uçun şart-şaroit yaratilganini ta’kidladi. «Ha, menimça, muzokaralar yaxşi ötdi», dedi Tramp.
Prezident vaziyatni hal qiliş uçun «ikkita kuçli, aqlli odam kelişib olişi» kerakligini qöşimça qildi.
AQŞ prezidentining Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog ham Londondagi muzokaralarni konstruktiv va ijobiy deb baholadi.
Uçraşuvda Ukraina tomonidan prezident devoni rahbari Andrey Yermak, taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerov iştirok etdi. Muzokaralarda AQŞdan kutilganidek Davlat kotibi Marko Rubio emas, balki Kellogning özi iştirok etdi. Fransiya va Germaniya taşqi işlar vazirlari örniga öz maslahatçilarini yubordi.
AQŞ naşrlarining yozişiça, muzokaralar çoğida hozirgi front çiziğini muzlatiş, Ukrainaning NATO a’zosi böliş niyatidan qaytariş va ehtimoliy hududiy imtiyozlar, jumladan, Ğarbning Kiyevga xavfsizlik kafolatlari evaziga Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan oliş takliflari muhokama qilingan.
Avvalroq, Vaşington, agar real taraqqiyotga erişilmasa, vositaçi rolini qayta körib çiqişi mumkinligini oçiq aytgan edi.
Kiyev Qrimni Rossiya hududi deb tan oliş özi uçun mutlaqo nomaqbul ekanligini ta’kidladi.
Moskva Qrimning hududiy mansubligini yopiq masala deb biladi.









