Jizzax viloyatida Tracker avtomobili yuqori tezlikda dökonga urildi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lumot berdi.
Qayd qilinişiça, holat 24 aprel kuni tongda, Jizzax şahri hududida joylaşgan Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali avtoturargohida sodir bölgan. 1986 yilda tuğilgan haydovçi öziga tegişli Tracker avtomobilini boşqarib, avtoturargoh yonidagi köp qavatli uylarning birinçi qavatida joylaşgan savdo dökoni eşigiga urilgan.

Oqibatda haydovçi tan jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam Jizzax filialining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jizzax şahar Içki işlar boşqarmasi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









