Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan Xalqaro immunizatsiya haftaligi doirasida «Qizamiq kasalligining oşişi sabablari, oldini oliş çoralari» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Ta’kidlanişiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining xabariga köra, 2024 yilda Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanişga oid 127 mingdan ortiq holat qayd etilgan va uşbu körsatkiç 2023 yilga nisbatan ikki barobarga köpaygan.
Özbekistonda qizamiqqa qarşi emlaş Milliy emlaş kalendari asosida amalga oşiriladi va 2024 yilda emlangan bolalar qamrovi 99,3 foizni taşkil etgan. Şunga qaramay, ayrim hududlarda qizamiq bilan kasallaniş holatlari qayd etilgan.
Qizamiq kasalligining oldini olişda bolalarni vaqtida va töliq emlaş eng samarali çora ekani alohida ta’kidlandi. Jumladan, qizamiq, qizilça va tepkiga qarşi bola birinçi marta 12–15 oyligida, ikkinçi marta bolalar boğçasiga borişidan oldin, ya’ni 4–6 yoşda emlanişi lozimligi ta’kidlandi. Tarğibot tadbirlarida «mahalla yettiligi» va butun jamoatçilik birgalikda iştirok etişi lozimligi ta’kidlandi.
Tadbirda iştirok etgan soğliqni saqlaş sohasi böyiça xalqaro va mahalliy ekspertlar davlat qizamiq kasalligiga qarşi vaksina bilan uzluksiz ta’minlayotganini, qizamiq kasalligini davolaş jarayonlari zamonaviy davolaş protokollari orqali amalga oşirilayotganini e’tirof etdi.
Davra suhbati yakunida senatorlar va mutaxassislar tomonidan qizamiqning tarqalişiga barham beriş hamda Özbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklaş böyiça aniq tavsiyalar işlab çiqildi.









