Rossiya Qozoğistonning strategik hamkori bölib, yaqinda Majlis (parlament quyi palatasi) tomonidan qabul qilingan «Hududiy mudofaa töğrisida»gi qonun bu davlatga qarşi qaratilgan emas. Mudofaa vazirligi Qozoğiston göyoki şimoliy qöşnisi bilan uruşga tayyorlanayotgani haqidagi qator ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga şunday izoh berdi.
«Rossiya Qozoğistonning strategik hamkori bölib, u bilan Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay Hamkorlik Taşkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yaxşi qöşniçilik va ittifoqçilik munosabatlari saqlanib qolmoqda. Şundan kelib çiqib, «Hududiy mudofaa töğrisida»gi qonun Rossiyaga qarşi qaratilgani töğrisidagi farazlar haqiqatga töğri kelmaydi va davom etayotgan jarayonlarning mohiyatini buzib körsatmoqda», deyiladi bayonotda.
Mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, «qonun loyihasi faqat mamlakatning içki xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan bölib, Rossiyaga qarşi yönalişni öz içiga olmaydi. Uning maqsadi harbiy holat yoki boşqa favqulodda vaziyatlar şaroitida içki barqarorlikni ta’minlaş, aholini, infratuzilma obektlarini va hududiy yaxlitlikni himoya qilişdan iborat».
«Hududiy mudofaa töğrisida»gi qonun aprel oyi boşida Qozoğiston parlamenti Majlisi (quyi palatasi) deputatlari tomonidan qabul qilingan edi. U harbiy holat davrida özini-özi mudofaa qiliş bölinmalarini yaratişni nazarda tutadi, ularda köngillilar xizmat körsatadi. Ular muhim obektlarni qöriqlaş, mudofaa inşootlarini quriş, evakuatsiya qiliş va boşqa vazifalar bilan şuğullanadi. Zarur hollarda ular Qurolli Kuçlar tarkibiga jangovar topşiriqlarni bajariş uçun kiritilişi mumkin. Hujjat tasdiqlaş uçun parlament Senatiga (yuqori palatasiga) yuborilgan.
Uşbu qonun Majlisda qabul qilingandan söng, bir qator ommaviy axborot vositalarida Qozoğiston Rossiya Federatsiyasi bilan «uruşga tayyorgarlik körayotgani» haqida da’vo qilingan maqolalar çop etildi, çunki qonun ilovasiga köra, eng katta harbiy guruhlar Rossiya bilan çegaralar yaqinida joylaştiriladi (uning uzunligi 7,6 ming kilometr).
«Hududiy mudofaa brigadalarini joylaştiriş taşqi tahdidlarga javoban emas, balki hududlarning logistik, geografik va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oşirilmoqda», deb ta’kidladi Qozoğiston Mudofaa vazirligi bu borada.
Bundan taşqari, boşqarmaning aniqlik kiritişiça, hududiy mudofaa bölinmalarida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning iştiroki közda tutilmagan.









