Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Nijniy Novgorod viloyatidagi neft-kimyo zavodida teraktning oldini oldi. Uni Markaziy Osiyodan kelgan ikki kişi tayyorlayotgan edi. Ular qölga olişga uriniş çoğida yöq qilindi, deb xabar berdi TASS.
Öldirilgan xorijliklar mintaqaning qaysi davlatidan ekani ma’lum qilinmagan.
Xabarga köra, yöq qilingan migrantlar «Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan xalqaro terrorçilik taşkiloti mafkurasi tarafdorlari»dir.
«Ukraina kuratorining körsatmasi böyiça çet el fuqarolari mintaqadagi neft-kimyo korxonalaridan birida qöporuvçilik va terrorçilik harakatini amalga oşiriş uçun portlovçi moslamalari bölgan FPV dronlaridan foydalanmoqçi bölgan. Qölga oliş çoğida ular qurolli qarşilik körsatdi va javob öqlari bilan zararsizlantirildi», deyiladi FXX xabarida.
Hodisa joyida xorijda işlab çiqarilgan portlovçi kallaklari bölgan ikkita dron, Kalaşnikov avtomati va Makarov töpponçasi topildi. Migrantlarning telefonlarida kurator bilan yozişmalar, şuningdek, «dron va öqotar qurollar saqlanayotgan maxfiy joy koordinatalari» topildi, deyiladi xabarda.
FXX Tergov boşqarmasi qöporuvçilikka tayyorgarlik köriş fakti böyiça jinoiy iş qözğatdi.









