Kiyev Qöşma Ştatlar bilan muzokaralarda eng yomon ssenariyga tayyorlanmoqda — Vaşington tomonidan qöllab-quvvatlanişning tugaşiga, deb yozdi Bild Ukraina hukumatidagi manbaga tayanib.

Ta’kidlanişiça, Ukraina rasmiylari Trampning tinçlik takliflaridan hafsalasi pir bölgan va şartlarni qabul qilib bölmas, deb hisoblamoqda.

«Muzokaralarda qoğozga yozilgan va bizga işora qilinayotgan takliflarni qabul qilib bölmaydi. Biz şunçaki osonlikça taslim bölmaymiz. Hukumat buni xohlasa va xohlamasa ham, xalq bunga qarşi bölardi», dedi Bild manbasi.

Naşrning yozişiça, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 26 aprel kuni bölib ötadigan Rim papasi Fransisk bilan vidolaşuv marosimida Donald Tramp bilan uçraşişi mumkin.

Ukrainalik diplomat sözlariga köra, Kiyev Trampning takliflarini «muzokaralar taktikasi» deb hisoblaydi, biroq Oq uy rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga heç qanday bosim ötkazmayapti.

AQŞ Moskva va Kiyev örtasidagi kelişuv doirasida Rossiyadan Ukrainaning öz armiyasi va mudofaa sanoatiga bölgan huquqini tan olişni talab qilgan. Bu masalalar AQŞ prezidenti elçisi Stiv Uitkoffning Vladimir Putin bilan navbatdagi uçraşuvida muhokama qilinadigan mavzu böladi, deb qöşimça qildi agentlikning anonim manbalari.

Bu şartga rozi böliş Putinning harbiy maqsadlaridan biri bölgan Ukrainani «demilitarizatsiya qiliş» masalasida raqibga yon berişini anglatadi. AQŞ uruşni töxtatiş maqsadida Kremlning ham, Ukrainaning ham yon berişini xohlamoqda.

«Şu vaqtgaça tanqidçilar AQŞ takliflarini Rossiya manfaatlariga mos deb hisoblayotgan edi. Jumladan, Ukraina NATO harbiy alyansiga qöşiliş niyatidan voz keçişi kabi», deb ta’kidladi Bloomberg.