Biz hozirgina AQŞning Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça harakatlari haqida video yozib bölgandik. Studiyadan çiqib ijtimoiy tarmoqlarni varaqlaşga kirişganimni bilaman, hamma yerda Donald Trampning navbatdagi postiga közim tuşdi. U kuniga önlab postlar yozadi, lekin bu galgisi boşqaça.

«Vladimir, STOP»

Tramp Twitter'ning oldingi egalari uni bloklaganidan keyin Truth degan ijtimoiy tarmoq oçib oldi. Özi bu tarmoqqa asosan Tramp nima deganini köriş uçun kirişsa kerak. Xullas, ana şu tarmoqdagi sahifasida Tramp Rossiyaning ötgan tunda Kiyev böylab yöllagan zarbalarini tanqid qildi. Hatto Putinni ismi bilan atab, uni töxtaşga çaqirdi.

«Rossiyaning Kiyevga zarbalaridan xursand emasman. Umuman kerak bölmagan, bemavrid iş. Vladimir, TÖXTA. Har hafta 5 ming askar ölyapti. Keling, tinçlik kelişuvi imzolaymiz», deb yozdi Tramp.

Bu noodatiy çiqiş böldi. Çunki Tramp prezidentlikka kelganidan keyin biror marta oçiqçasiga Rossiyani tanqid qilmagan, faqat bir marta juda ehtiyotkorlik bilan Putin uruşni boşlaganini aytgandi. Biroq bu gal vaziyat boşqaça. Tramp Putinni dunyo köz öngida ismi bilan atab, töxtaşga çaqirdi. Trampning postidan kelib çiqadiki, u Kiyevdagi ijtimoiy obektlarga zarba berişni Putin buyurgan deb biladi.

Eng qiziği, bir kungina oldin Tramp muzokaralarda yana Rossiyaga oğişib gapirgan, Zelenskiy tezroq bir qarorga kelişi kerak deb uni tanqid qilgandi. Hatto Zelenskiy Qrim masalasida gapirib vaziyatni murakkablaştirayotganini aytgandi. Bir qaraşda uning barça gaplari Rossiya manfaatlariga işlar, hatto ruslarning iltimosi bilan gapirayotgandek edi.

Lekin öşa gapdan keyin ruslar Kiyevni navbatdagi marta bombaladi va Tramp endi boşqaça ohangga ötdi. Xulosa qilişga şoşmaslik kerak, lekin bu muzokaralarda jiddiy özgariş qilişi mumkin.

Zelenskiy JARda

Bu gaplar bölayotgan bir vaqtda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Janubiy Afrika Respublikasiga rasmiy taşrif bilan bordi. Afrikadagi taşrifi davomida Zelenskiy matbuot anjumanida qatnaşişga ham ulgurdi. Uning sözlariga köra, Londondagi uçraşuv yakunlari böyiça yangi tinçlik kelişuvi tasdiqlangan va bu kelişuv hozir Donald Trampning stolida.

Jurnalistlar Zelenskiydan «Trampning toqati toq bölayotgani», Oq uydagilar Ukraina prezidenti notöğri yönalişda ekanini aytgani haqida ham söraşdi. «Bunaqasi ketmaydi. Agar Rossiya öt oçişni töxtatişga rozi bölsa, Ukraina böylab zarbalarni töxtatişi kerak. Aslida ukrainlarning toqati toq böldi, çunki bizga hujum qilişyapti, boşqalarga emas», dedi Zelenskiy.