AQŞ federal hukumati Viskonsin ştatining Miluoki okrugi sudyasi Xanna Duganga qarşi ayblovlarni ilgari surdi. U odil sudlovga tösqinlik qilganlikda va şaxsni hibsdan qoçişiga yordam berganlikda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, u uydagi zöravonlikda ayblangan Meksikadan kelgan noqonuniy migrantga sud zalidan çiqib ketiş uçun yöl körsatgan. Şunday qilib, ayblov tomoniga köra, u migrantni yölakda kutayotgan immigratsiya xizmati xodimlaridan qoçişiga yordam berişga harakat qilgan. Qayd qilinişiça, immigratsiya xodimlari migrantni sud orderisiz hibsga olişga uringan.
Dugan qutqarmoqçi bölgan Eduardo Flores-Ruis huquq-tartibot xodimlaridan qoçib qutula olmadi. Agentlar Flores-Ruisni sud binosi böylab ta’qib qildi va oxir-oqibat köçada hibsga oldi. Hodisa 18 aprel kuni sodir bölgan.
Duganning hibsga olingani 25 aprel kuni ma’lum böldi. «Heç kim qonundan ustun emas», dedi AQŞ boş prokurori Pem Bondi ijtimoiy tarmoqda.
Duganga ayblov e’lon qilinib, garov evaziga qöyib yuborilgani ta’kidlanmoqda. Namoyişçilar sud majlisi vaqtida bino taşqarisiga yiğilib, sudyani zudlik bilan ozod etiş talabini bildirişdi, deb xabar berdi Reuters.
Hodisa AQŞda jamoatçilik noroziligiga sabab bölgan. Amerika mintaqalarining bir qança rahbarlari sudyani qöllab-quvvatlagan. Jamoat arboblari, faollar uni himoya qilmoqda.









