Ğarbiy sohildagi quvğinlar, Falastin uçun kuraşayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti
|18:54 / 26.04.202510 9819 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğarbiy sohilda minglab odam quvğinga uçramoqda
Isroil Ördun daryosining Ğarbiy sohilida eng yirik majburiy köçiriş amaliyotini amalga oşirdi. 1967 yildan buyon ilk bor 40 ming falastinlik öz uylaridan majburan köçirildi. Oqibatda, minglab oilalar boşpanasiz qoldi.
Qaror Ğarbiy sohildagi Tulkarm va Nur-Şams qoçqinlar lagerlariga qilingan vayronkor reydlar ortidan qabul qilindi. Reydlar natijasida şahar hududlarida keng kölamli buzğunçiliklar qayd etildi.
Xalqaro kuzatuvçilar mazkur harakatlarni inson huquqlari buzilişi deb baholamoqda. Ular Isroil hukumatiga falastinliklar huquqlarini hurmat qiliş va zöravonlikka barham beriş çaqiriqlari bilan çiqdi.
Harvard Falastin uçun kuraşda davom etadi
AQŞning eng qadimiy va boy universiteti Harvard rahbari Alan Garber ta’lim muassasasi akademik erkinligini himoya qilişda davom etişini ma’lum qildi.
Bu bayonot Donald Trampning 9 milliard dollarlik moliyalaştirişni muzlatiş tahdidi fonida yangradi. Garber Harvardda aksilmusulmon va aksilfalastin çiqişlarga qarşi kuraş böyiça tanqidiy va oğriqli hisobot tayyorlanayotganini e’lon qildi.
Kelib çiqişi yahudiy bölgan Garber Trampning harakatlarini noqonuniy, hukumatning antisemitizm böyiça bahonasini esa asossiz deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, bu çoralar talabalar, olimlar va AQŞning oliy ta’limi nufuziga jiddiy tahdid solmoqda.
Harvard prezidenti antisemitizm va aksilisroil kayfiyati hamda aksilmusulmon va aksilfalastin çiqişlarga qarşi ikki alohida hisobot tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Garber bu guruhlar ötgan yili taşkil etilganini va ularning hisobotlari oçiq va oğriqli bölişini ta’kidladi.
Pokiston total uruş haqida ogohlantirdi
Pokiston mudofaa vaziri Havaja Asif mamlakat Hindistonning Kaşmirdagi teraktga aloqadorlik ayblovlarini qat’iy rad etganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, bu voqea «begona bayroq ostidagi operatsiya» bölişi mumkin. Asif Pokistonning Kaşmirda faoliyat yuritayotgan heç qanday qurolli guruhlar bilan aloqasi yöqligini bildirdi.
Mavzuga oid
Uning sözlariga köra, mamlakat harbiylari barça ehtimoliy tajovuzlarga tayyor holda. Agar Hindiston tomonidan keng kölamli hujum boşlansa, Pokiston «total uruş» bilan javob qaytaradi. Asif muammolarni muzokara yöli bilan hal qiliş zarurligini ta’kidlab, xalqaro hamjamiyat va AQŞ hukumatini mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş uçun aralaşuvga çaqirdi.
Şu bilan birga, Hindiston ayblovlarini qöllab-quvvatlovçi heç qanday dalil taqdim etmagani qayd etildi. Avvalroq «Qarşilik fronti» deb nomlangan kiçik qurolli guruh terrorçilik akti uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan edi. Bu guruh 2019 yilda Kaşmirning avtonomiyasi bekor qilinganidan keyin taşkil etilgan.
Putin Tramp vakilini qabul qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan uçraşdi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uçraşuvda şuningdek prezident yordamçisi Yuriy Uşakov va investitsiya-iqtisodiy hamkorlik böyiça maxsus vakil Kirill Dmitriyev ham iştirok etdi. Uitkoff samolyoti 25 aprel kuni tongda Vnukovo aeroportiga qöndi.
Bu fevraldan beri Putin va Uitkoff örtasidagi törtinçi uçraşuvdir. AQŞning maxsus vakili Rossiya-Ukraina uruşini töxtatiş böyiça muzokaralarda faol iştirok etmoqda.
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq Rossiya ba’zi tafsilotlar kelişilgandan söng kelişuv imzolaşga tayyor ekanini aytgandi. Lavrov Trampni «dunyodagi yagona yetakçi» sifatida e’tirof etgan.
Kliçko: «Tinçlik uçun yerlardan vaqtinça voz keçiş mumkin»
Kiyev meri Vitaliy Kliçko BBCga bergan intervyusida Ukraina tinçlikni ta’minlaş maqsadida vaqtinça okkupatsiya qilingan hududlardan voz keçişi mumkinligini bildirdi. U bunday qaror «adolatsiz», ammo «vaqtinçalik tinçlik uçun yeçim» bölişi mumkinligini ta’kidladi.
Şu bilan birga, Kliçko Ukraina xalqi heç qaçon öz mamlakatining boşqa bir davlat tomonidan işğol bölişini qabul qilmasligini alohida qayd etdi. Uning intervyusi Kiyevga qilingan kuçli raketali hujumda 12 kişi halok bölgan va 90 kişi jarohatlangan paytda bölib ötdi.
BBC Kliçko va prezident Volodimir Zelenskiy örtasida siyosiy kelişmovçiliklar borligini eslatdi. Mer prezident ma’muriyatini uni obrösizlantirişga urinişda ayblab keladi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarda katta ildamlaş kuzatilganini ma’lum qildi. Unga köra, Moskva butun Ukraina hududini bosib oliş rejasidan voz keçişga tayyor ekanini bildirgan.
Tramp buni Rossiya tomonidan «juda jiddiy ustuvorlik» sifatida baholadi. Uşbu bayonotlar «Trampning tinçlik rejasi» atrofidagi faol muhokamalar fonida yangradi. Rejada uruş tugatilgan taqdirda Yevropaning Ukrainada harbiy kuç joylaştiriş ehtimoli ham nazarda tutilgan.
Balaşixada rus generali portlatildi
25 aprel kuni Moskva ostonasidagi Balaşixa şahrida avtomobil portlaşi oqibatida Rossiya armiyasi general-leytenanti Yaroslav Moskalik halok böldi. U Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabining Boş operatsiya boşqarmasi rahbariyatida faoliyat yuritgan.
Ma’lumotlarga köra, Volkswagen Golf avtomaşinasiga örnatilgan portlovçi moslama masofadan turib portlatilgan. Moskalik portlaş paytida avtomobil yonida bölgan va zarba oqibatida bir neça metrga otilgan. Yaqin atrofdagi uylarning oynalari ham singan.
Tergov qömitasi generalning ölimi faktini tasdiqladi va qotillik hamda portlovçi moddalar muomalasi böyiça jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi. General Moskalik avvalroq Ukraina bilan normand formatidagi muzokaralarda va Suriyadagi operatsiyalarda iştirok etgan.
Balaşixadagi portlaş Rossiyada yuqori lavozimli harbiylar ölimi bilan boğliq birinçi hodisa emas. 2024 yil dekabrida Moskvada general Igor Kirillov ham xuddi şunday öldirilgan edi.
Xitoy Tramp bojlarini his eta boşladi
Xitoy AQŞ bilan savdo uruşi keskinlaşgan bir paytda iqtisodiy qiyinçiliklarga duç kela boşladi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik boj joriy etdi, bu esa işlab çiqariş sektorida pasayiş va eksport muammolarini kuçaytirdi.
Financial Times ma’lumotiga köra, köplab fabrikalar buyurtmalarning bekor qilinişi va işçi quvvati qisqarişi bilan töqnaş keldi. Apple kompaniyasi Amerika bozori uçun yiğilişlarni 2026 yil oxirigaça Hindistonga köçirişini e’lon qildi.
Reutersʼning yozişiça, mahalliy korxonalar içki bozor va Yaqin Şarq, Afrika bozorlariga moslaşişga urinayotgan bölsa-da, bu bozorlarda karrasiga past talab, kuçli raqobat va tölov muammolariga duç kelmoqda.
Xalqaro valuta jamğarmasi ham Xitoy iqtisodiyoti ösiş prognozini 4,6 foizdan 4 foizga pasaytirdi.
Javob tariqasida Pekin AQŞ mahsulotlariga 125 foizlik boj va nodir metallar eksportiga çeklov joriy qildi. Tramp esa bojlarni pasaytiriş ehtimolini bildirdi va Si Jinping bilan savdo munosabatlarini muhokama qilganini ma’lum qildi. Holbuki, ular muloqot qilişmagan.
Xitoy Oyni egallaş rejasini boşladi
Xitoy «Şenjou-20» uçiş missiyasini muvaffaqiyatli amalga oşirib, Oyda baza quriş maqsadida tayyorgarlikni boşladi. 25 aprel kuni Jyutsyuan kosmodromidan Long March-2F raketasi yordamida start berildi.
Ekipajni 46 yoşli taykonavt Çen Dong boşqarmoqda, uning yonida ilk parvozini amalga oşirayotgan Çen Jungruy va Van Jye bor. Ular yarim yil davomida orbita stansiyasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Ilk bor kosmosga regeneratsiya qobiliyatiga ega planariya kiritildi.
Missiya Oyda yaşaşga yaroqli baza quriş uçun texnologik poydevor tayyorlaşni maqsad qilgan. Xitoy şu bilan birga 14 mingta sun’iy yöldoşdan iborat tarmoq qurişni boşladi va xalqaro hamkorlikni kuçaytirmoqda.
Xitoyning oxirgi yillardagi eng yirik yutuqlari orasida «Çan’e-4»ning Oyning orqa tomoniga qönişi va «Çan’e-6» missiyasi orqali oy tuproğidan namuna olib kelingani qayd etilgan. AQŞ va Xitoy örtasida yangi Oy poygasi boşlangani ta’kidlanmoqda.