KXDR yetakçisi Kim Çen In «qöpol imperialistik qaroqçilar»ga qarşi kuraş böyiça missiyalarni bajaradigan va KXDR harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga kiruvçi yangi köp maqsadli Çve Ryon kemasini (esminets) suvga tuşiriş marosimida iştirok etdi, deb xabar berdi Koreya markaziy axborot agentligi.

Marosim Nampo kemasozlik zavodida bölib ötdi. Koreya Mehnat partiyasi markaziy qömitasi kotibi Ço Çun Ryon sözlariga köra, kema 5 ming tonna suv siğimiga ega va «eng kuçli qurollar» bilan jihozlangan.

Harbiy esminets Koreya xalq armiyasi dengiz flotining Şarqiy dengiz floti qömondoni Pak Gvan Sobga topşirildi. Uning ta’kidlaşiça, «dengizdagi şafqatsiz imperialistik qaroqçilarning hukmronligini buzişga qodir bölgan eng kuçli qurollarga ega böliş istagi» amalga oşdi.

Kim Çen In sözlariga köra, «Koreya ovozi» davlat radiosi iqtibos keltirişiça, eng yangi esminetsning suvga tuşirilişi tarixiy ahamiyatga ega va KXDR «dengiz suverenitetini izçil himoya qiluvçi kuçlarni yaratiş» uçun zarur. U esminetsning suvga tuşirilişini «ilğor harbiy dengiz kuçlarini quriş yölidagi boşlanğiç nuqta» deb atadi.