Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 26 aprel kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Özbekiston bilan Ozarboyjon örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.

Ötgan yil avgust oyida Ozarboyjon Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi yakunida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari diqqat markazida böldi.

Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasida samarali işlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş hajmi yil boşidan buyon 20 foizga oşdi. Avtomobilsozlik, töqimaçilik, elektrotexnika, energetika, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa sohalardagi loyihalar faol bosqiçga kirgan.

Birgalikda boy madaniy-gumanitar almaşinuv dasturi amalga oşirilmoqda.

Joriy yilda ötkazilişi rejalaştirilgan oliy darajadagi sammitlarga puxta tayyorgarlik köriş, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi, hududlar va rektorlar forumlari, madaniy tadbirlarni ötkaziş muhimligi qayd etildi.

Yetakçilar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak köp tomonlama, şu jumladan Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi tadbirlar rejasini körib çiqdilar.