AQŞ prezidenti Donald Tramp 25 aprel Rossiya-Ukraina muzokaralari va uçraşuvlari uçun yaxşi kun bölganini aytdi.
«Ular kelişuvga juda yaqin, endi ikkala tomon ham işni yakunlaş uçun eng yuqori darajada uçraşişi kerak. Asosiy fikrlarning aksariyati allaqaçon kelişildi», deb yozdi AQŞ prezidenti Truth ijtimoiy tarmoğida.
«Hoziroq qon tökilişini töxtating. Biz bu şafqatsiz va ma’nosiz uruşni tugatişga yordam beriş uçun qayerda kerak bölsa, şu yerda bölamiz!», deb qöşimça qildi Tramp.
25 aprel kuni Trampning elçisi Stiv Uitkoff Moskvada Vladimir Putin bilan navbatdagi, törtinçi uçraşuvini ötkazdi. Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov sözlariga köra, uçraşuv uç soat davom etgan va «nafaqat Ukraina, balki boşqa bir qator xalqaro masalalar böyiça ham Rossiya va AQŞ pozitsiyalarini yanada yaqinlaştiriş imkonini bergan». Tomonlar Rossiya va Ukraina örtasida töğridan-töğri muzokaralarni qayta boşlaş imkoniyatlarini muhokama qildi, deb qöşimça qildi u.









