AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning sumkasini öğirlaşda gumonlangan şaxs qölga olindi. Bu haqda holat böyiça olib borilayotgan tergovga aloqador manbalariga tayanib CNN telekanali xabar berdi. Ularning sözlariga köra, yaqin vaqt içida yana «köplab» hibsga olişlar amalga oşirilişi kutilmoqda.

«Xodimlarimiz xavfsizligi uçun hozirça buni tasdiqlay yoki rad eta olmaymiz. Içki xavfsizlik vazirligi ayblov e’lon qiladigan bölsa, bu böyiça amaldagi tartibga muvofiq xabar beriladi», — deydi AQŞ Maxfiy xizmati vakili Entoni Gulelmi. Maxfiy xizmat yuqori lavozimdagi amaldorlar, jumladan, vazir Noemning ham xavfsizligini ta’minlaydi.

Vazir 20 aprel kuni Vaşingtondagi The Capital Burger restoranida oila a’zolari bilan tuşlik qiliş vaqtida öğirlik qurboni bölgandi. Maxfiy xizmat xodimlari ham restoranda bölgan, ammo ular videokameralardagi yozuvlarni körgandan keyin öğirlik sodir etilganini aniqlaşga muvaffaq bölgan.

Köplab manbalarning ma’lumotlariga köra, vazirning Gucci sumkasi içida 3 ming dollar, Kristi Noem nomiga haydovçilik guvohnomasi, dorilar, kvartira kaliti, pasport, Içki xavfsizlik vazirligiga kiriş guvohnomasi, kosmetika vositalari çek daftarçasi bölgan.

Ma’lumot uçun, Kristi Noem Amerika ma’muriyatiga kelgunga qadar Janubiy Dakota ştati gubernatori, undan avval esa AQŞ Kongressining Vakolatxonalar palatasi a’zosi bölgan. Içki xavfsizlik vaziri sifatida u milliy xavfsizlikka mas’ul bölgan bölimni boşqaradi. Uning faoliyat sohasiga çegara nazorati va migratsiya, terrorizmdan himoya va kiberxavfsizlik masalalari kiradi.