Ispaniya Kubogi Kataloniyaga yöl oldi
«Barselona» – «Real» – 3:2
Gollar: Pedri, 28, Torres, 84, Kunde, 116– Mbappe, 70, Çuameni, 77
«Barselona»: Şçensni, Kunde, Kubarsi, Martines, Martin (Arauxo, 85), Pedri, de Yong (Gavi, 86), Olmo (Lopes, 64), Yamal, Torres, Rafinya.
«Real»: Kurtua, Vaskes (Modriç, 55), Asensio, Ryudiger, Mendi (F. Garsiya, 11), Valverde, Çuameni, Sebalyos (Guler, 55), Bellinghem, Rodrigo (Mbappe, 46, ), Vinisius ( Dias, 89).
Ogohlantirişlar: Martin, 37, de Yong, 68, Lopes, 90+4, Rafinya, 90+10 – Çuameni, 31, Modriç, 90+1, Bellinghem, 108.
Çetlatişlar: Ryudiger 120+3, Vaskes 120+3, Bellinghem 120+4.
Joriy mavsum davomidagi oldingi ikki klasikoda «Real» ilojsiz bölib köringani, «Barselona» esa deyarli mukammal öynagani haqida faqat dangasalar gapirmadi. Bu öyinlarni töliq körmasdan, faqat haylaytlarni tomoşa qilib yoki hisobga qarab ham şunday xulosaga keliş mumkin edi. Çempionat doirasida «Santyago Bernabeu»dagi 4:0 va Saudiyadagi Ispaniya Superkubogi uçun öyindagi 5:2 — klasikoda ança vaqtdan buyon jamoalardan faqat biri yaqqol ustunlik qilgani kuzatilmagandi. Aniqroq aytilsa — deyarli bir asrdan buyon: kök-anorranglilar 1926 yilda Ispaniya kubogi çorakfinalidagi ikki öyinni ham yutganidan buyon (3:0, 5:1). «Real»da ham 1935/36 yillar mavsumida 3:0 hisobidagi ikki ğalaba bölgan, öşanda qaymoqranglilar turnirlarda tarixiy «Madrid» nomi bilan iştirok etardi.
Ötgan asrda murosasiz raqiblar bir-biridan qattiq öç olişardi. Masalan, 1974 yilda «Real» avvaliga ligada 1:5 hisobida şarmandali mağlubiyatga uçraydi, ammo tört oy ötib mavsum Ispaniya kubogi finalida «Barsa» yirik hisobda taslim etilişi bilan yopib beriladi (4:0). Bu safar madridliklardan muxlislar hisob böyiça 260-klasikoda revanş olişini kutişayotgandi. Jamoa ötgan haftada «Atletik» bilan öyinning ikkinçi bölimida yana oldingi «Real»ni eslatib yuborgani ham muxlislarga umid bağişlagandi, ammo Hansi Flik bolalari kuçli pressing qiladigan öyinda taşabbusga egalik qiliş oson emasdi.
Şunday ekan, Karlo Ançelotti yaqinda Çempionlar ligasida «Mançester Siti»ga qarşi keçgan öyinni eslab, pragmatizm foydasiga tanlov qildi. Mbappe hali töliq tayyor emasligi tufayli Vinisius Junior yagona hujumçi sifatida maydonga tuşdi. Rodrigoni ham tez-tez oldingi çiziqda köriş mumkin edi, lekin u qanotda orqaroqda öynab, Lukas Vaskesga yordam berişi ham talab etilardi. Bellinghemga raqib öyinini buziş vazifasi topşirilgandi, Tşuameni esa vaqti-vaqti bilan markaziy himoyaçilar bilan bir çiziqqaça qaytdi. Maydon markaziga tuşirilgan Valverde bilan ham şunday holatni tez-tez kuzatiş mumkin edi.
































