Turkiyaning Istanbul şahri Kadiköy tumanida Özbekistonning 19 yoşli fuqarosi ijarada turgan uyida çiqqan yonğin sabab vafot etdi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar qildi.
24 aprel kuni boş konsulxona Özbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda, uşbu fuqaroning jasadini vatanga qaytardi. Marhumning jasadini Özbekistonga yuboriş bilan boğliq barça xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan töliq qoplab berildi.
Şu örinda, konsulxona, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim şaxslar tomonidan marhumni Özbekistonga yuboriş uçun yordam puli yiğilayotgani haqidagi yolğon va asossiz ma’lumotlar tarqatilayotganini qayd etgan. Konsulxona fuqarolarni bu kabi notöğri xabarlarga işonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanişga çaqirdi.
Diplomatik idora, şuningdek, çet elda bölgan davrida vafot etgan Özbekiston fuqarolarining jasadini vatanga qaytariş bilan boğliq xarajatlar davlat tomonidan qoplanişini eslatib ötdi.
Avvalroq Istanbulda Özbekiston fuqarosi zilzila vaqtida qörqib ketib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.









