«Titanik» yölovçisi bölgan polkovnik Arçibald Greysining maktubi auksion orqali 300 ming funt sterlingga sotildi, deb yozadi The Guardian. Kimoşdi savdolaridan oldin lot beş barobar arzonga sotilişi kutilayotgan edi.
Qayd etilişiça, bu çökib ketgan kema bortidan turib yozilgan maktublarning eng qimmatiga aylangan.
Uşbu maktub birinçi marta namoyiş etilgan. Unga 1912 yil 10 aprel sanasi tuşirilgan — şu kuni Greysi «Titanik» bortiga kötarilgan. «Bu juda ajoyib kema, ammo u haqida xulosa çiqarişdan oldin sayohatim oxirini kutaman», — deb yozadi polkovnik. Maktub uni kimoşdiga qöygan odamning bobosining akasiga yöllangan bölib, u öşa vaqtda Londondagi Waldorf mehmonxonasida yaşagan.

Arçibald Greysi — «Titanik»ning eng maşhur yölovçilaridan biri. Kema halokatga uçraganidan keyin polkovnik halokat haqida kitob yozişni boşlagan. U omon qolgan önlab yölovçilardan xotiralar töplagan. «Titanik» haqida haqiqat» nomli kitobni hozirgi kunda ham xarid qiliş mumkin. Arçibald Greysi 1912 yil 4 dekabrda, halokatdan qariyb sakkiz oy ötib vafot etgan.
Avvalroq «Titanik»ning 700 dan ortiq yölovçisini qutqargan Britaniya paroxodi kapitaniga sovğa qilingan tilla soat auksion orqali 1,56 million funt sterlingga sotilgandi. Soatni amerikalik xususiy kolleksioner xarid qilgan.









