AQŞ davlat kotibi Marko Rubio yana bir bor Ukraina va Rossiya örtasidagi tinçlik şartnomasi tez orada imzolanişi kerakligini, agar bu amalga oşmasa, Vaşington muzokaralar jarayonidan çiqib ketişidan ogohlantirdi. Uning sözlariga köra, AQŞ bu masala böyiça bir hafta içida qaror qabul qiladi. Ayni paytda Rubioning rossiyalik hamkasbi, TIV rahbari Sergey Lavrov yana bir bor sulh uçun şartlarni ilgari surdi va muzokaralardagi şoşqaloqlik faqat xalaqit berayotganini aytdi.
«Bu tez orada röy berişi kerak. Agar natija bölmasa, biz bunga vaqt va resurslarni sarflay olmaymiz. Bu hafta juda muhim böladi, uning davomida biz uşbu taşabbusda iştirok etişni davom ettirişni xohlaşimiz yoki e’tiborni boşqa masalalarga qaratişimiz kerakligi xususida bir qarorga kelişimiz kerak böladi», – dedi AQŞ Davlat departamenti rahbari yakşanba kuni Amerikaning NBC telekompaniyasining «Meet the Press» dasturiga bergan intervyusida.
Rubio bungaça ham bir neça marta agar muzokaralarda natijaga erişilmasa, AQŞ Ukrainada tinçlik örnatişga bölgan urinişlarini töxtatişi bilan tahdid qilgandi.
Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ham gapirgan. Ikkinçi marta prezidentlikka saylanişidan oldin u Ukrainadagi uruşni «bir kun içida» töxtatişga va’da berayotgandi, keyin esa Amerikaning yangi ma’muriyati rasmiylari bu masalani Tramp prezidentlik muddatining dastlabki 100 kuni tugaşidan oldin hal qiliş rejalaştirilgani haqida gapira boşladi; bu sana esa 30 aprelga töğri keladi.
Bu hafta öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bitimni imzolaşning oxirgi muddati ekani haqidagi savolga javoban Tramp «uning öz muddati borligi»ni aytdi, ammo bu muddat qaçon kelişiga aniqlik kiritmadi. «Bizda dedlayn bor. Şundan söng bizda butunlay boşqaça yondaşuv böladi», – dedi AQŞ prezidenti Norvegiya boş vaziri bilan uçraşuvda.
OAV ma’lumotlariga köra, AQŞ Ukraina va Rossiyaga mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş rejasini taklif qilgan, unga köra front çiziği hozirgi holatida muzlatiladi, Kiyev NATOga qöşiliş istiqbolini yöqotadi, Vaşington esa Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinişini va Ukrainaning bosib olingan hududlari ustidan Moskvaning amaldagi nazoratini qonuniy tan oladi. Ukraina esa buning evaziga qandaydir xavfsizlik kafolatlarini olişi kerak, garçi hujjatda gap aynan qanday kafolatlar haqida ketayotgani keltirilmagan bölsa ham.
Manbalar yozişiça, bunga javoban Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqçilari Kiyev uçun kafolatlar kuçaytirilgan va Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobiga mamlakatni tiklaş közda tutilgan öz variantini taklif etgan.
Rossiya bu takliflarga qanday munosabatda ekani haqida hozirça ma’lum qilinmadi, lekin OAV ma’lumotlariga köra, prezident Vladimir Putin Ukraina qöşinlarini Moskva töliq nazorat qilmaydigan, lekin öziniki deb hisoblaydigan Zaporijjya, Xerson, Donetsk va Luhansk oblastlarining bir qismidan olib çiqiş talabidan voz keçişga qarşi emas.












