Albaneze X ijtimoiy tarmoğida Isroilning Ğazodagi pala-partiş va şafqatsiz hujumlariga aloqador post e’lon qildi.

«Qançadan-qança bolalar ota-onalari va buvilari bilan birga oçlikdan ölgan, tiriklayin yoqib yuborilgan yoki Ğarbda işlab çiqarilgan bombalar portlab ketganidan keyin plastik paketlarga solindi?» — dedi maxsus ma’ruzaçi hamda Isroil va uni qurol bilan ta’minlovçi davlatlar töxtatilişi kerakligini ta’kidladi.

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlarida halok bölgan falastinliklar soni 52 243 nafarga yetdi, deyiladi Falastin Soğliqni saqlaş vazirligining bayonotida.

Birgina sönggi 24 soat içida isroilliklarning eksklavdagi hujumlarida 51 kişi halok böldi, yana 115 kişi yaralandi.

19 yanvarda kuçga kirgan sulh bitimining buzilişi ortidan Isroil armiyasining 18 martdan beri uyuştirgan hujumlarida qurbon bölganlar soni 2151 nafarga, yaradorlar soni 5598 nafarga yetdi.

2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlarida yaralangan falastinliklarning umumiy soni 116 ming 432 nafarga yetdi.

Qayd etilişiça, halok bölganlarning jasadlari hali ham vayron bölgan binolar ostida qolmoqda.