Şimoliy Koreya hukumati birinçi marta öz harbiylarini Ukraina bilan uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga jönatganini tasdiqladi. Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) KXDR yetakçisi Kim Çen In buni «ikki davlat – KXDR va RF örtasidagi an’anaviy döstlik va birdamlikni yaxlit mustahkamlaş uçun muqaddas missiya» deb bilgani uçun uruşga  (xabarda uruş Rossiyadagi kabi «maxsus harbiy amaliyot» emas, öz nomi bilan atalgan) qöşilgan.

KXDR qöşinlari Kursk oblasti uçun «ğalaba bilan yakunlangan» jangda iştirok etdi, Şimoliy Koreya harbiylari esa «yuqori jangovar ruh va harbiy mahoratni töliq namoyiş etdi, yalpi qahramonlik, beqiyos jasorat va fidoyilik körsatdi», deyiladi markaziy axborot agentligi xabarida.

Şimoliy Koreya tomoni bayonotidan köp ötmay, Vladimir Putin KXDR bölinmalariga Kursk oblastidagi operatsiyada iştirok etgani uçun minnatdorçilik bildirdi. RF prezidentining sözlariga köra, KXDR harbiylari «Rossiya va KXDR örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma harfi va ruhiga muvofiq» harakat qilgan va bu xalqaro huquqqa töliq mos keladi.

«Koreyalik döstlar birdamlik, adolat va çinakam döstlik tuyğularidan kelib çiqqan holda harakat qildi. Buni yuksak qadrlaymiz va KXDR xalqiga, oliy rahbariyatiga va davlat işlari qömitasi raisi, örtoq Kim Çen Inga çin dildan minnatdorçilik bildiramiz», – deydi Putin. U Şimoliy Koreya harbiylari «öz burçini şaraf va jasorat bilan bajarib, sönmas şon-şuhratga burkangani»ni ta’kidlagan.

«Rossiya xalqi koreyalik maxsus kuçlar jangçilarining qahramonligini heç qaçon unutmaydi. Biz Rossiya uçun, umumiy erkinligimiz uçun jon fido qilgan koreyalik qahramonlarni öz quroldoş birodarlarimiz qatorida doimo yodda tutamiz», – deyiladi bayonotda.

Ğarb mamlakatlari, Ukraina va Janubiy Koreya KXDR Rossiyaga yordam beriş uçun 10-12 ming harbiy yuborganini xabar qilgan. Şu bilan birga, KXDR hukumati öz qöşinlarini boşqa davlatlar uruşiga yuborganini tan olmagandi. Buni RF vakillari ham rad etib kelardi. Rossiya hukumati buni ilk bor 26 aprel kuni tan oldi, öşanda boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov Vladimir Putin bilan uçraşuvda rossiyalik harbiylar Kursk oblastida Ukraina qurolli kuçlari tuzilmalarini «tor-mor etişni yakunlagani» haqida aytgandi. Öz hisobotida Gerasimov KXDR harbiylariga yordam uçun alohida minnatdorçilik bildirib, ular rossiyaliklar bilan «yelkama-yelka turib» harakat qilganini aytgandi.