Qirğiziston Rossiyadan S-300 havo mudofaa komplekslarini oldi. Bu haqda respublika Xavfsizlik kengaşi kotibi Marat Imonqulov «Izvestiya» naşriga ma’lum qildi.

«Bizda havo hujumidan qöşma mudofaa tizimi işlamoqda. Hozir biz uşbu tizimning elementlarini oldik. S-300 allaqaçon Qirğiziston hududida», dedi Imonqulov.

Xabarda Rossiya Qirğizistonga qança tizim jönatgani aytilmagan.

S-300 havo mudofaa tizimlarini yetkazib beriş böyiça kelişuv 2021 yilda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning Moskvaga taşrifi çoğida erişilgan edi. 2023 yil noyabr oyida Qirğiziston bilan qöşma mintaqaviy havo mudofaa tizimini yaratiş böyiça kelişuv kuçga kirdi. Hujjatga köra, Rossiya birlaşgan havo mudofaa tizimi qöşinlarining kollektiv xavfsizlik zonasida harakatlarini muvofiqlaştiradi, Qirğiziston esa bu harakatlarni boşqaradi. Qirğiziston hukumati qöşin va texnikani joylaştiriş uçun Bişkekdan 20 kilometr uzoqlikda joylaşgan Rossiyaning Kant harbiy bazasi yonidan 5 gektar maydon ajratdi.

Imonqulov, şuningdek, Bişkek Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) doirasida Moskva bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlaşda davom etayotganini qayd etdi. Qirğiziston köp vektorli siyosat yuritadi, NATO bilan ham hamkorlik qiladi, biroq mintaqa xavfsizligini ta’minlaşda asosiy rol KXŞTga tegişli, dedi respublika Xavfsizlik kengaşi kotibi.