Neft-kimyodan tortib suvenirlar işlab çiqarişgaça ixtisoslaşgan Xitoy kompaniyalari ikki davlat örtasida kuçayib borayotgan savdo uruşi oqibatlaridan qutulişga urinib, AQŞda öz faoliyatini yölga qöymoqda. Bu haqda South China Morning Post yozmoqda.
Xitoy kompaniyalariga Qöşma Ştatlarda işlab çiqarişni mahalliylaştirişga yordam beradigan konsalting kompaniyasi rahbari Çju Ning gazetaga sönggi tört oyning özida kamida 100 ta sörov olganini aytdi, bu «ötgan yildagi jami sörovga teng».
«Buyurtmalarimizning qariyb 95 foizi Qöşma Ştatlar hissasiga töğri keladi. Bu biz yöqotişimiz mumkin bölgan bozor emas», — deya şarqiy Xitoydagi sovğalar işlab çiqaruvçi biznes egasi Rayan Çjoudan iqtibos keltiradi gazeta. Hozir u Dallasda (Texas) yangi zavod oçişga harakat qilmoqda.
«Biz aminmizki, AQŞ dollari dunyoda hukmronligiça qolar ekan, Amerika eng yirik iste’mol bozori bölaveradi», dedi Rayan Çjou.
Şenjyenda joylaşgan elektron komponentlar kompaniyasi boş direktori Leo Li şu oy boşida Nevada ştatida yangi zavod oçdi. Zavod kiçik ta’minot zanjirlari va kam mehnat talablari bölgan sensor modullarini yiğiş uçun möljallangan. «Ha, mening xarajatlarim oşadi, lekin 145 foizlik tariflar kabi yomon bölmadi. Maqsadimiz — mavjud buyurtmalar hajmini saqlab qoliş», — deya ta’kidladi tadbirkor.
Pekinda joylaşgan Chem1 konsalting firmasi asosçisi Ye Ingminning sözlariga köra, neftni qayta işlaş bilan şuğullanuvçi neft-kimyo kompaniyalari uçun AQŞda zavodlar quriş hozirgi şaroitda ayniqsa mantiqiy qadamdek körinyapti. Ilgari kompaniyalar xomaşyoni Qöşma Ştatlardan import qilib, keyin qayta işlangandan söng tayyor mahsulotlarni Amerikaga jönatişardi. Ammo bu biznes modeli endi kompaniyalarni tariflarni ikki baravar oşirişga majbur qilmoqda, dedi u. «Xomaşyo umumiy xarajatlarning 80 foizidan 90 foizigaça bölgan neft-kimyoni qayta işlaş sanoati uçun hatto 10 foiz tarif ham sezilarli ta’sir körsatadi», dedi Ye Ingmin.









