Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampning 100-kunlik boşqaruvidagi siyosatini ma’qullaş darajasi 80 yil içida eng past darajaga tuşdi. Bu haqda ABC News ABC News/Washington Post/Ipsos söroviga asoslanib yozmoqda.

Hozirda Trampning prezidentlikning birinçi 100 kundagi faoliyatini 39 foiz respondent ma’qullamoqda, 55 foiz esa ma’qullamaydi. Şu bilan birga, AQŞ davlat rahbarining siyosatini ma’qullaş böyiça avvalgi antirekord Tramp tomonidan 2017 yilda örnatilgan — u 42 foizni taşkil etgan.

Ma’lumotlarga köra, jamoatçilik Trampning köplab siyosiy qarorlarini ma’qullamaydi va ayniqsa, iqtisodiy siyosatini retsessiya xavfi tufayli tanqid qilmoqda, uni 72 foiz respondent yaqin kelajakda sodir bölişi mumkin deb hisoblaydi. Şunga qaramay, Trampga bölgan işonç demokrat kongressmenlarnikiga qaraganda hali ham yuqoridir.

Bundan avval Associated Press agentligi Trampning prezident sifatidagi birinçi 100 kuni 70 foiz AQŞ aholisi uçun kutilgan darajada bölganini yozgan, şu bilan birga 62 foiz respondent AQŞ notöğri yönalişda rivojlanmoqda deya hisoblagan.

Ilgari ötkazilgan sörovlar körsatadiki, amerikaliklarning köpçiligi Trampni yangi prezidentlik muddatiga nomzod sifatida körmoqçi emas.