Seşanba oqşomida Londonda «Arsenal» va «PSJ» örtasida asosiy yevrokubokning ilk yarimfinal öyini ötkaziladi. Quyida öyin qanday keçişi, kimda qanday ustunlik va kamçiliklar borligi, kimlar diqqat markazida bölişi haqida fikr yuritiladi.
«PSJ» «Arsenal»ga qarşi kuzdagi öyindan buyon ança yaxşilangan
«PSJ» «Arsenal» bilan navbatdagi töqnaşuvga sönggi tört uçraşuvida atigi bir ğalaba bilan yetib keldi: YeÇL çorakfinalida «Aston Villa»ga qarşi öyinda 2:3 (bu hisob keyingi bosqiçga ötiş uçun yetarli böldi), içki çempionatda çempionlik masalasi hal bölganidan keyin «Gavr» bilan 2:1, «Nant» bilan 1:1 va «Nitssa»dan 1:3 hisobidagi mağlubiyat. «Nitssa»ga 31-turda uçralgan mağlubiyat – «PSJ» uçun çempionatdagi birinçisi böldi va mavsumni mağlubiyatsiz yakunlaş orzusi amalga oşmadi. Bu alamli mağlubiyat, ammo natija aldamçi, «PSJ» öşa öyinda juda köp vaziyat yaratgan, raqib darvozaboni Marsin Bulka 12 ta seyv amalga oşirişga majbur bölgandi – bu mavsumda parijliklarga qarşi öyinlarda faqat Alisson bundan köproq seyv ijro etgandi.
Katta ehtimol bilan, sönggi oylarni öta kuçli ötkazgan «PSJ»da çindan ham pasayiş yuzaga keldi, ammo sönggi öyinlar jiddiy xulosalar çiqariş uçun yetarliça jiddiy emasdi. «Arsenal»ga qarşi ilk yarimfinal köp narsaga oydinlik kiritadi: «PSJ» öyinida çindan ham pasayiş bormi yoki bu hal qiluvçi sakraş oldidan nafas rostlaşmi?
2025 yilda «PSJ» özini dunyoning eng yaxşi jamoasi maqomiga yaqqol da’vogar sifatida namoyiş etdi. Usmon Dembele doimiy harakatdagi töqqizlik sifatida porladi. Hujum qanotlarida esa Xviça Kvaratsxeliya, Dezire Due va Bredli Barkolya asosiy tarkibdagi ikki joy uçun raqobatlaşmoqda. Vitinya, Joau Neveş va Fabian Ruis kabi texnar futbolçilarning barqarorligi bilan maydon markazi yaxlit köriniş olgan. Aşraf Hakimi va Nunu Mendeş – eng kuçli qanot himoyaçilari juftliklaridan biri, Mendeş mudofaada balansni ta’minlaş uçun tez-tez uçinçi markaziy himoyaçi bölib orqada qolsa ham, kerakli paytda hujumlarga qöşiladi. Vilyan Paço istalgan zarbani bloklaydi, mudofaadagi sifatlari böyiça u tajribali Markinosdan qolişmaydi. Janluidji Donnarumma esa aynan YeÇL pley-offida kuçli öyin körsatmoqda.
Luis Enrike töp nazorati va futbolçilar bir-birining örnini töldirib harakatlanişiga katta e’tibor qaratadi. Dembele qanotga yoki raqib jarima maydoni tomon yuguradi, qanot hujumçilari örin almaşadi, Ruis markaziy hujumçi pozitsiyasiga çiqadi, Mendeş – goh uçinçi markaziy himoyaçi, goh çap qanot hujumçisi, goh yarimqanot hujumçisiga aylanadi, Vitinya va Neveş istalgan joyda paydo böladi. Töpsiz holatida «PSJ» birinçi navbatda töp yöqotilişidan oldingi tiğiz joylaşuvi hamda intensiv jamoaviy harakati tufayli ajoyib kontrpressingi bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid
Albatta, bu jamoa ideal emas va «Villa»ga qarşi javob uçraşuvi ayrim muammolarni foş qilgandi.
Birinçidan, tarkibni yoşartirayotgan «PSJ»ga tajriba yetişmayotgani yaqqol körinib qolmoqda. Hali YeÇL yarimfinali darajasida sinovdan ötmagan juda köp yoş iste’dodlar jamlangan. Tajriba yöqligi – «PSJ» «Villa» bilan ikkinçi öyin davomida umumiy 5:1 hisobidagi ustunlikni qöldan boy berişiga bir baxya qolgani sabablaridan biri edi.
Ikkinçidan, raqiblar markaziy yarimhimoyaçilarga qarşi 4 ga 3 vaziyatini hosil qilib, «PSJ» markaziy öqiga katta yuklama tuşirişi mumkin böladi.
Uçinçidan, Vitinya – nima bölganda ham asl oltilik emas, pozitsion himoyalanişda doimo unga raqib hujumini buzişga kuç va qat’iy pozitsiyani egallab turiş qobiliyati yetişmaydi, ba’zida u qanot tomon ortiqça qadam taşlab yuboradi va bu himoyaçilar oldidagi hududni oçib qöyadi.
«PSJ»ning eng muhim futbolçisi – Dembele. Bu örinda «Arsenal»ga qarşi umumiy guruh bosqiçidagi öyinni (0:2) eslaş mumkin, öşanda Enrike intizomsizligi tufayli Usmonni jamoadan çetlatgandi. «PSJ» öşa öyinda himoyadan çiqişda muammolarga duç kelgan va hujumkorlik salohiyati çeklangandi. Töğri, öşanda «PSJ» hali 2025 yildagi kabi öz öyinini topib olmagandi, ammo Dembele omilini hisobga oliş muhim. Şu bilan birga, Enrike «PSJ» – bir yulduz atrofida qurilgan jamoa emasligi haqidagi tezisni qöllab-quvvatlaş uçun köp iş qildi.
«Arsenal» faqat YeÇL haqida öylamoqda, ammo Artetada yana bir jumboq bor
«Arsenal»ning butun e’tibori Çempionlar ligasiga qaratilgan. Londonliklar «Real»ga qarşi öyinlardan oldin va keyin APL doirasidagi öyinlarda aralaş tarkiblarda harakat qilib, tört öyindan uçtasida durang öynadi, xususan, oxirgi uikendda «Kristal Pelas»ni ham yenga olmadi va amalda APL çempionligi uçun nazariy jihatdan ham imkoniyatni yöqotdi. Şu bilan birga, «Parij»ga qarşi öyindan oldin jamoada bir hafta dam oliş imkoniyati böldi.
Bu örinda ikki intrigani köriş mumkin. Birinçisi: öyinni nazorat qiliş jihatidan yetukroq körinişda bölgan «PSJ»ga qarşi öyinni qanday quriş kerak. Boşqa jihatlar teng şaroitda aynan «Arsenal» köproq moslaşişiga töğri keladi.
Ikkinçisi: buni barça jarohatlar va yöqotişlar bilan qanday amalga oşiriş mumkinligida. Forvardlar yöqligi – endi yangilik emas, Arteta Kay Haverts tiklaniş grafigidan özib ketganini aytib, intriga qilgan bölsa-da, uni maydonda kutiş kerak emas. Navbatdagi oğriqli nuqta – tayanç zonasida yuzaga keldi. Tomas Parti Madriddagi javob bahsida keraksiz sariq kartoçka oldi va parijliklarga qarşi birinçi öyinni ötkazib yuboradigan böldi, Jorjinio esa jarohat olgan. Katta ehtimol bilan, Deklan Raysni orqaga qaytarişga töğri keladi. Voqealar zanjirida Raysning örnini Mikel Merino egallaşi kerak, bu esa bizni hujumçi pozitsiyasi masalasiga olib ötadi. «Real»ga qarşi öyinlarda esa uning hujumdagi örni muhim ahamiyat kasb etgandi.
«Arsenal»ning yarimfinaldagi muhim futbolçisi – Bukayo Saka. Unga qarşi, personal öynaganda raqibni zararsizlantiriş böyiça çap qanot himoyasida dunyoning eng yaxşilaridan biri bölib turgan – Nunu Mendeş harakat qiladi. Agar portugaliyalik futbolçi «Liverpul»ga qarşi öyinlarda Salohni zararsizlantirgani kabi Bukayoga ham öyin bermasa, «Arsenal»ga juda qiyin böladi
Bukayo Rays bilan birga – burçak zarbalarini eng yaxşi ijro etuvçi futbolçi sanaladi. «PSJ» bilan öyinda öta muhim instrument. Standartlar – katta ehtimol bilan Enrike jamoasining asosiy böş nuqtasi.
Özaro öyinlar tarixi: «PSJ» ingliz jamoalariga qarşi muvaffaqiyatli. Ammo «Arsenal» istisno
«Arsenal» va «PSJ» bungaça turli uç mavsumda jami beş bor özaro öynagan. Bu birinçi marta 1994 yilning mart-aprel oylarida kuzatilgan, öşanda Kubok egalari kubogi yarimfinalida qur’a londonliklarni parijliklar bilan röbaru qilgan. Birinçi öyin Fransiyada ötkazilgan va 1:1 hisobida durang hisob bilan tugagan. Ian Rayt birinçi bölimda inglizlarni hisobda oldinga olib çiqqandi, ammo ikkinçi bölimda David Jinola javob golini urgan. Angliyada esa «kanonirlar» 1:0 hisobidagi ğalabaga erişgan – Kevin Kempbellning 7-daqiqadayoq urgan goli qarama-qarşilik taqdirini hal etgan. «Arsenal» finalda «Parma»ni ham mağlub etib (1:0), sovrinni öziniki qilgandi.
Keyin «Arsenal» va «PSJ» 2016/2017 yillar mavsumida Çempionlar ligasi guruh bosqiçida bir kvartetdan örin oladi. Venger boşqaruvi yakunlanayotgan davrdagi öşa mavsumda «töpçilar» guruh bosqiçini birinçi örinda yakunlaydi, parijliklar – ikkinçi böladi, ikki jamoa ham pley-off masalasini ijobiy hal etadi. Parijda ötgan birinçi tur uçraşuvida durang qayd etilgan – 1:1. Birinçi daqiqadayoq Edinson Kavani hisobni oçgan, ammo 78-daqiqada Aleksis Sançes «Arsenal»ni mağlubiyatdan qutqarib qolgan. 5-tur doirasida Londonda keçgan öyin ham durang hisobda yakunlangan – 2:2. Yana Kavani hisobni oçgan, keyin mezbonlar Olive Jiruning penaltidan urgan goli va Marko Verratti öz darvozasini işğol etib qöyişi orqali kambek qilişgan, ammo 77-daqiqada Aleks Ivobi ham öz jamoasi darvozasiga gol urib qöygan.
Foto: DANIEL HAMBURY/EPA/TASS
Nihoyat, YeÇLning joriy mavsumida «Arsenal» va «PSJ» umumiy guruh bosqiçi doirasida Londonda uçraşişgan. Kuzdagi öyin Luis Enrike uçun yoqimsiz xotira bölib qolgan. Kay Havers va Bukayo Saka 35-daqiqagaça hisobni qulay körinişga keltirişgan va parijliklar yangi formatdagi Çempionlar ligasidagi ilk mağlubiyatini qabul qilib olgan – 2:0. Şu tariqa, hozirça, özaro öyinlar tarixida «Arsenal»da ikki ğalaba va uç durang bor. «PSJ» esa biror marta ğalaba qozona olmagan.
Mikel Arteta va Luis Enrike murabbiy sifatida boşqa joyda raqobatlaşmagan. Umuman, Arteta (u öz vaqtida bir mavsum parijliklar klubida ham öynagan) «PSJ»ga qarşi murabbiy rolida faqat bir öyin ötkazgan. Luis Enrike esa «Barselona» ustozi ekanida jamoasini «Arsenal»ga qarşi ikki öyinga tayyorlagan. YeÇLning 2015/2016 yillar mavsumi 1/8 finalida kataloniyaliklar uning boşqaruvida Londonda ham (2:0), «Kamp Nou»da ham ğalaba qozongandi (3:1).
«PSJ» bu mavsumda ingliz jamoalariga qarşi qayd etayotgan muvaffaqiyatli seriyasini davom ettira olişi yoki yöqligida ham yana bir intriga bor. 2-turda «Arsenal»dan uçralgan mağlubiyatdan keyin Luis Enrike jamoasi umumiy guruh bosqiçining muhim öyinida «Mançester Siti»dan ustun kelgan (4:2), keyin esa pley-offda «Liverpul» va «Aston Villa»ni yöldan olgandi. «Kanonirlar» ham fransuz jamoalariga qarşi muvaffaqiyatli seriya qayd etib, guruh bosqiçida parijliklardan taşqari «Monako»ni ham taslim etgan (3:0). Pley-offda esa raqiblar Niderlandiya va Ispaniyadan bölgandi – 1/8 finalda PSV (7:1, 2:2) va çorakfinalda «Real» (3:0, 2:1) tösiğidan ötilgandi.
Bu öyinda alohida futbolçilar duellariga taalluqli lokal intrigalar köp, ammo asosiy masala – kim öz tarixida ikkinçi bor Çempionlar ligasi finaliga çiqişi bilan boğliq. «Arsenal» 2006 yilda öz imkoniyatidan foydalana olmay, Parijda «Barselona»ga yutqazgandi (1:2). «PSJ» esa 2020 yilda Lissabonda keçgan final uçraşuvida «Bavariya»ga mağlub bölgandi (0:1).