Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx va uning fransuz hamkasbi Sebastyan Lekornyu Hindiston harbiy-havo kuçlariga 26 ta Fransiyaning Dassault Rafale qiruvçi samolyotlarini yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda 28 aprel, duşanba kuni Hindiston Mudofaa vazirligi özining rasmiy saytida ma’lum qildi.
Qiymati 640 milliard rupiy (taxminan 6,58 milliard yevro) bölgan şartnoma 22 ta Rafale-M jangovar samolyoti va törtta Rafale-D maşq samolyotini yetkazib berişni öz içiga oladi. Nyu-Dehli qiruvçi samolyotlarni 2030 yilgaça qabul qilişi kutilmoqda. Kelişuv Hindistonda Rafale fyuzelyajlarini işlab çiqariş, şuningdek, samolyot dvigatellari, datçiklari va qurollarga texnik xizmat körsatiş, ta’mirlaş va kapital ta’mirlaş böyiça inşootlarni taşkil etişga ham imkon beradi.
Rafale-M — aviataşuvçiga asoslangan qiruvçi. Fransiya samolyotlari 2022 yilda foydalanişga topşirilişi kerak bölgan yangi INS Vikrant aviataşuvçisining havo qanotini taşkil qilişi kutilmoqda. Hindistonda allaqaçon 28 ta Rafale EH va 8 ta Rafale DH mavjud va qiruvçi samolyotning «dengiz variantini» sotib oliş «operativ imkoniyatlarni, şuningdek, Hindiston havo kuçlari va mahalliy mudofaa havo kuçlari uçun tayyorgarlik va logistikani oşiradi», deya ma’lum qildi mahalliy mudofaa idorasi.
Hindiston fransuz qiruvçi samolyotlari bilan bir qatorda 2009 yildan beri Rossiyaning «Vikramaditya» aviataşuvçisi bazasida joylaşgan MiG-29K/KUB samolyotlaridan foydalanmoqda. 2023 yil holatiga köra, mamlakatda 42 ta şunday qiruvçi bor edi, biroq ularning deyarli yarmi zaxirada, deb xabar bergandi avvalroq OAV.









