Kanadaning hukmron Liberal partiyasi mamlakat parlament saylovlarida öz pozitsiyasini saqlab qoldi, biroq parlamentda köpçilikni taşkil qila olişi haqida gapirişga hali erta. 28 aprel, duşanba kuni bölib ötgan saylovning dastlabki natijalari Kanadada ovoz berişga bağişlangan rasmiy saytda ma’lum qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, boş vazir Mark Karni boşçiligidagi liberallar 164 ta saylov okrugida yetakçilik qilmoqda yoki ğalaba qozongan, ularning har biri ovoz beriş natijalariga köra mamlakat parlamenti quyi palatasi – Jamoatlar palatasidan joy oladi. Kanadalik saylovçilar orasida eng ommabop ikkinçi partiya 2015 yildan beri muxolifatda bölgan öng-markaziy Konservativ partiya böldi. Uşbu xabar e’lon qilingan vaqtda konservatorlar 146 örinni qölga kiritgan edi.
Jadvalda uçinçi örinda Kvebek mustaqilligini himoya qiluvçi "Kvebek bloki" joylaşgan - partiya parlamentdagi 23 örinni qölga kirita oldi.
Jamoatlar palatasida 343 ta örin bor, ya’ni unda köpçilik örinni qölga kiritiş uçun kamida 172 mandat oliş kerak. Şu bilan birga, The Canadian Press axborot agentligi avvalroq "Kvebek bloki" liberallardan köra konservatorlar bilan koalitsiyani afzal körişini taxmin qilgan edi.
Kanadadagi saylovlardagi intriga, saylov uçastkalari oxirgi bölib yopilgan mamlakatning eng ğarbiy provinsiyasi - Britaniya Kolumbiyasida natijalar e’lon qilinmagunça davom etişi mumkin.









