Senatorlar tomonidan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi. Mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga parrandaçilik sohasini rivojlantiriş, bolalar soğlomlaştiriş oromgohlarining faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaşga hamda raqamli markirovkalaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritilmoqda.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan qöşimçalarga köra, 2027 yil 1 yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar çakana savdosini amalga oşiruvçi tadbirkorlarga markirovkani öqiş qurilmalarini sotib oliş bilan boğliq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravaridan köp bölmagan miqdorda, hisoblangan va tölanişi lozim bölgan foyda soliği yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tölanadigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği summalarini kamaytiriş huquqi berilmoqda.

Parrandaçilik sohasidagi korxonalarni hamda bolalar soğlomlaştiriş oromgohlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida qonunda 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi tadbirkorlar ekin maydonlaridan taşqari yer uçastkalari böyiça yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini tölaşdan ozod etilmoqda. Bunda, soliq imtiyozi parrandaçilik mahsulotlarini realizatsiya qilayotgan hamda belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uçastkalariga nisbatan tatbiq etilişi belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, respublika böyiça jami 1 218 ta parrandaçilik korxonasi mavjud bölib, ekin maydonidan taşqari yer maydoni 12,7 ming gektarni taşkil etadi. Qişloq xöjaligi uçun möljallanmagan yerlar böyiça yer soliği stavkalari yer maydonining joylaşgan hududiga qarab 27 mln sömdan 44 mln sömgaça belgilangan.

Bundan taşqari, qonunda 2027 yil 1 yanvarga qadar bölgan davrda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari bino-inşootlari va yer uçastkalarini ijaraga berişdan olgan daromadlari böyiça foyda soliğidan hamda ijaraga berilgan obektlar va ular egallagan yer uçastkalari böyiça yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğidan ozod etilişi ham nazarda tutilyapti. Buning natijasida 51 ta bolalar soğlomlaştiriş oromgohi böyiça yillik örtaça 17 mlrd söm soliq imtiyozi taqdim etiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.