Rossiya va Belarus Belarus Respublikasida UUA işlab çiqaradigan zavodni birgalikda qurişga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 29 aprel, seşanba kuni Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenko bilan Volgograddagi uçraşuvi çoğida qilgan bayonotida aytiladi.

«Biz sizning mutaxassislaringiz va tegişli (işlab çiqariş) laboratoriya bilan birgalikda zavod poydevorini qöyişga tayyormiz», — deya Putinning sözlarini keltiradi «Interfaks». Boşqa narsalar qatorida, Rossiya rahbari Belarus bilan örta masofaga uçuvçi samolyotlar böyiça hamkorlikda işlaş istiqbollarini tilga oldi, deyiladi xabarda.

Mart oyi boşida Belarus davlat axborot agentligi BelTA xabar berişiça, Aleksandr Lukaşenkoning Rossiya UUA körgazmasiga taşrifi çoğida Rossiya tomoni Minskka Belarusda yiliga 100 ming donagaça quvvatga ega uçuvçisiz uçoqlar işlab çiqariş zavodini qurişni taklif qilgan.

"Belarusda joylaşgan zavod töliq mahalliylaştirilgan bölib, barça texnologik kompetensiyalari bu yerga olib kelingan, şu bilan birga, Rossiya va boşqa mamlakatlardagi zavodlar bilan bir vaqtda yagona texnologik platformada işlamoqda. Asosiy taklif — bir yil içida yiliga 100 ming donagaça mahsulot işlab çiqaradigan şunday zavod quriş", degandi RF prezidenti administratsiyasi rahbari örinbosari Maksim Oreşkin.