Dadil va’dalar, keng kölamli islohotlar va taşqi siyosat taşabbuslarining uzun röyxati hokimiyatda yuzinçi kunini nişonlagan Donald Tramp ma’muriyati uçun jiddiy siyosiy muammolarga aylanib bormoqda. Sörovlar şuni körsatadiki, amerikaliklar prezidentning keskin qarorlari tufayli ijobiy natijalar yöqligi va yangi xavflar yuzaga kelayotganidan tobora köproq xafa bölmoqda. Bu haqda Forbes naşri siyosatşunos va One Big Union kanali muallifi Yan Veselovning fikrlarini keltirdi.
Donald Trampning birinçi prezidentligi davrida uning faoliyatiga berilgan baholar asosan salbiy bölgan. Bu safar uning prezidentligi işonç zaxirasi bilan boşlandi. 2025 yil yanvar oyi oxirida, inauguratsiyadan söng, Trampning aholi tomonidan ma’qullanişi reytingi (uning faoliyatini ijobiy va salbiy baholaganlar orasidagi farq) örtaça +11 foizni taşkil etdi. Ammo dastlabki 100 kun içida u öz ustunligini yöqotdi, sörov natijalariga köra, endi farq -9 foizni körsatmoqda. Tramp avvalgi muddatining dastlabki 100 kunidan keyin ham xuddi şunday raqamga ega edi, biroq bu safar pasayiş keskinroq böldi – uç oy içida 20 foizga yaqin.
Uşbu körsatkiçlar böyiça Tramp öz işining dastlabki 6 oyida ijobiy reytingni saqlab turgan avvalgi barça prezidentlardan ortda qoldi. Trampni eng köp pastga tortayotganlar özini demokratlar ham, respublikaçilar ham emas deb hisoblaydigan mustaqil saylovçilardir. Aprel oyidagi sörovlarda prezident işiga salbiy baho berganlar uluşi ular orasida örtaça 62 foizni, umumiy reytingi esa -28 foizni taşkil etadi.
Iqtisodiyot
2024 yilda aksariyat amerikaliklar öz moliyaviy ahvoli Bayden davridan köra Tramp davrida yaxşiroq bölganini e’tirof etdi va «qömsaş» respublikaçini Oq uyga qaytarişga yordam berdi. Endi esa iqtisodiyot Trampning eng zaif nuqtalaridan biri bölib qolmoqda – aprel oyida uning reytingi -14 foizga tuşib ketdi, ya’ni prezidentning iqtisodiy muammolarni yengiş qobiliyatiga işonmaganlar uluşi bu savolga ijobiy javob berganlarga nisbatan 13 foizga yuqori bölgan. Va agar yanvar oyida taxminan teng miqdordagi amerikaliklar iqtisodiyotning holatini ijobiy va salbiy baholagan bölsa, aprel oyining oxiriga kelib salbiy baholaşlar uluşi 50 foizdan oşdi, ijobiy baholaşlar esa deyarli 20 foizga tuşdi.
Bu AQŞda koronavirus epidemiyasi avj olgan 2020 yil aprel oyidan beri eng past darajada tuşgan iste’molçilar işonçi indeksi kabi ölçovlar bilan ham tasdiqlanadi. Investorlar kayfiyatining bir ölçovi sifatida işlatilişi mumkin bölgan S&P 500 fond indeksi Trampning birinçi muddati dastlabki uç oyi davomida barqaror ösdi. Ammo keyin keskin pasaydi, bu oxirgi yarim asrdagi eng yomon körsatkiç edi.










