AQŞ prezidenti Donald Tramp Miçigan ştatida sözlagan nutqida öz lavozimidagi dastlabki 100 kun mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatli kunlar bölganini aytdi va özining qat’iy immigratsiya siyosatini asosiy yutuqlardan biri va saylovoldi va’dalarining bajarilişi deb atadi.

«Biz bugun mamlakatimiz tarixidagi har qanday ma’muriyatning eng muvaffaqiyatli dastlabki 100 kunini nişonlaş uçun mamlakatimizning qoq markazida yiğildik va bu köpçilikning fikriga köra şunday», – dedi Tramp nutqi avvalida. «Biz endigina boşladik. Siz hali heç narsani körmadingiz», – deya qöşimça qildi u öz tarafdorlariga qarata.

Tramp AQŞ avtomobilsozlik sanoati markazi bölgan Detroytdan şimolda, Kanada bilan çegara yaqinida joylaşgan Uorren şahrida nutq sözladi.

Nutqda avtomobil sanoati mavzusi muhim örin egalladi. Trampning aytişiça, uning soliq va bojxona siyosati tufayli AQŞda sektor gullab-yaşnaşi kerak. U avtomobil kompaniyalari Miçiganda yangi zavodlar oçiş uçun «navbatga turayotgani»ni ma’lum qildi.

Tramp kelgusi haftalar va oylarda uning ma’muriyati «Amerika tarixidagi eng yirik soliq imtiyozlari»ni joriy etişiga va’da berdi. Amerika «oltin asr» sari ketmoqda – past iste’mol narxlari, yuqori maoşlar va „dunyo tarixidagi eng yaxşi iqtisodiyot“», – deydi Tramp.

U, şuningdek, AQŞning import bojlari joriy etilişi fonida butun dunyodan yetakçilar Oq uyga kelişuvlar tuziş uçun kelayotgani bilan maqtandi: «Endi bizni butun dunyoda hurmat qilişmoqda. Ular prezidentingizni köriş uçun butun dunyodan kelişyapti. Ular Hindistondan kelişyapti, Fransiyadan kelişyapti, Ispaniyadan kelişyapti. Xitoydan kelişyapti. Ular prezidentingizni köriş uçun butun dunyodan kelişyapti. Ular bitim tuzmoqçi. Bilasiz, biz bitimlar tuzamiz, lekin bu bizga kerak emas».

Prezident öz nutqida yana bir bor demokratlar hamda oldingi ma’muriyatga hujum qildi, şuningdek, öz lavozimida qabul qilgan qarorlarini eslatib ötdi va olomon olqişlari ostida «hukumatdan telbalik va transgender mafkurani siqib çiqarayotgani»ni aytdi.

«Biz Amerikani yana buyuk qilamiz va bu tez orada röy beradi», – deya qöşimça qilgan u.

Immigratsiya haqida gapirarkan, Tramp sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatini (u haqida öz nutqida bir neça bor eslagan) noqonuniy muhojirlarga «amerikaliklarni zörlaş va öldiriş»ga yöl qöyganlikda aybladi.

«Avvalgi ma’muriyat çegarada keng kölamli bosqin uyuştirib, tödalar, kartellar va terrorçilar kirib kelişiga imkon berdi… Men faxr bilan aytişim mumkinki, bu jirkanç xiyonatga çek qöyildi», – dedi u.