Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan «Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi qabul qilindi.

Davlat xizmatlari agentligi xabariga köra, uşbu qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnoma talabi bekor qilinmoqda. 3 turdagi litsenziya xabarnoma şakliga ötkazilmoqda.

Jumladan, endi turizm agenti faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya oliş tartibi bekor qilinib, uning örniga turagentlik faoliyatini boşlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuboriş tartibi joriy etiladi.

Ta’kidlanişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi litsenziya va ruxsat beriş sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etişga xizmat qiladi.

Endi qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullanişi va prezident tomonidan imzolanişi kerak.