Özbekiston Transport vazirligi xalqaro yuk taşuvlari faoliyati bilan şuğullanuvçi korxonalar rahbarlariga Xitoy — Qirğiziston - Özbekiston yönalişi böyiça taşişlarda köp tomonlama ruxsatnomalardan foydalaniş qoidalariga amal qiliş zarurligini eslatdi.

Uşbu blankalar faqat Toşkent - Andijon - Öş - Irkeştom - Qaşğar yönalişida belgilangan çegara ötkaziş punktlari orqali va teskari yönalişda yuklarni taşiş uçun möljallangan. Ular uç mamlakat örtasidagi transport yölagini rivojlantiriş doirasida çiqarilgan.

Biroq sönggi paytlarda ruxsatnomalardan notöğri foydalaniş holatlari aniqlanmoqda. Ayrim korxonalar ulardan butun yönaliş böylab emas, faqat Qirğiziston va Özbekiston örtasida yuk taşiş uçun foydalanmoqda.

Vazirlik aynan uşbu holatda işlatilgan ruxsatnoma blankalari maqsadsiz foydalanilgan hisoblanişi va kelgusida uşbu korxonalarga şu turdagi ruxsatnoma blankalarining taqdim etilişi çeklanişi haqida ogohlantirdi.