Inson huquqlari böyiça Özbekistonning 2030 yilgaça bölgan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça  “yöl xaritasi”ga köra, hududlardagi içki işlar bölimi bilan hamkorlikda zöravonlik sodir etgan yoki sodir etişga moyil bölgan pedagog xodimlar, talaba-öquvçilarni aniqlaş, röyxatini şakllantiriş rejalaştirilgan.

Ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş böyiça ta’lim muassasalarida, mahallalarda va boşqa taşkilotlarda turli ma’rifiy tadbirlar ötkaziladi.

Qayd etilişiça, ayollarga nisbatan zöravonlikning oldini olişga qaratilgan amaliy va ma’rifiy tadbirlar ötkaziş orqali ularning huquqlarini himoya qiliş yanada yaxşilanadi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar mansabdor şaxslari xatti-harakatlarining asosiy tamoyillarini, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini kuç va öqotar qurollarni işlatişning muqobil çoralarini, mojarolarni tinç yöl bilan hal qilişni, şuningdek tinç yiğilişlar davomida jamoat tartibini ta’minlaşda kuç va öqotar qurollar işlatilişini çeklaş maqsadida texnik vositalardan foydalanişni örgatiş standartlarini öz içiga olgan holda öquv treninglar ötkaziş közda tutilgan.

Bunda, sohaning öziga xosligini inobatga olgan holda öquv moduli işlab çiqiladi va tasdiqlanadi. Öquv treninglari taşkil etiladi.