«Prezident Trampning mustahkam tinçlikni ta’minlaş böyiça tinimsiz sa’y-harakatlari tufayli men Qöşma Ştatlar va Ukraina örtasida qöşma investitsiya fondini taşkil etiş böyiça tarixiy iqtisodiy hamkorlik töğrisidagi bitimni e’lon qilişdan mamnunman», dedi AQŞ moliya vaziri Skott Bessent.

Ukraina boş vaziri Denis Şmixalning aytişiça, fond 50/50 asosida taşkil etilmoqda va «har ikki tomon teng ovoz beriş huquqiga ega». Ukraina «yerosti boyliklari, infratuzilma va tabiiy resurslar ustidan töliq nazoratni» özida saqlab qoladi.

Uning sözlariga köra, kelişuv Ukraina tomonidan heç qanday qarz majburiyatlarini nazarda tutmaydi. Bundan taşqari, kelişuv Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi uçun tösiq bölmaydi.

Bloomberg ta’kidlaganidek, kelişuv AQŞga Ukrainaning tabiiy resurslarini, jumladan alyuminiy, grafit, neft va tabiiy gazni özlaştiriş böyiça yangi investitsiya loyihalariga imtiyozli kiriş imkonini beradi.

Avvalroq Bloomberg News kelişuv loyihasini körib çiqqan edi. Unda aytilişiça, AQŞ va Ukraina «Ukrainaning toğ-kon sanoati, energetika va unga aloqador tarmoqlariga sarmoyalarni köpaytiriş» uçun şaroit yaratişga intiladi. Buning uçun qöşma investitsiya fondi tuziladi. Tomonlar uning faoliyati natijasida olingan daromadlarni bölişadi.