«Belarus yana bir noqonuniy qölga olingan AQŞ fuqarosini ozod qildi», — deb yozdi davlat kotibi Marko Rubio 30 aprel, çorşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida. U bu holat AQŞ prezidenti Donald Trampning sa’y-harakatlari tufayli sodir bölganini ta’kidlab ötdi.

Amerikaning CNN telekanali aniqlik kiritişiça, gap Belarus muxolifati faoli, Belarus va AQŞ fuqarosi Yuriy Zenkoviç haqida ketmoqda. «Heç qanday almaşinuv yöq», dedi AQŞ maxsus vakili Adam Byoler CNN telekanalida bu boradagi savolga javoban.

Zenkoviç 2021 yilda Moskvada hibsga olinib, keyin Belarus poytaxti Minskka olib ketilgan va u yerda «fitna işi» deb ataladigan işda – AQŞ tomonidan Belarus hukmdori Aleksandr Lukaşenkoni ağdarib taşlaş va uning öğillarini öldirişga qaratilgan fitnada iştirok etganlikda ayblangan. AQŞ Davlat departamenti voqeaga aloqadorligini rad etadi.

Belarusda Zenkoviç 11 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilindi. Belarus xalq fronti partiyasi yetakçisi Grigoriy Kostusyov va siyosatşunos Aleksandr Feduta ham 10 yillik qamoq jazosi oldi. Qamoqxonada saraton kasalligiga çalingan Kostusyov 2024 yil iyul oyi boşida Lukaşenko amnistiyalaridan birida afv etilgan edi. Ayni paytda bir neçta surunkali kasalliklardan aziyat çekayotgan Feduta hamon panjara ortida qolmoqda.