Hujjat bilan Mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar işlab çiqariş zavodlarida malaka oşirişini taşkil etiş hamda korxonaning malaka oşiriş xarajatlarini qoplab beriş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oşirişlarini taşkil etiş va mahalliy korxonaning malaka oşiriş xarajatlarini qoplaş Savdoga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Bunda uskunalarni xarid qiliş şartnomalariga muvofiq ularni işga tuşiriş, xodimlarni öqitiş va örgatiş xizmatlari uskunalarni yetkazib beruvçi hamkor tomonidan amalga oşirilişi belgilab qöyilgan holatlar bundan mustasno.

Mahalliy korxona quyidagi uyuşmalarning biriga xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar işlab çiqariş zavodlari bilan muzokaralar yuritiş töğrisida buyurtmanoma yöllaydi:

  • «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi;
  • «Hunarmand» uyuşmasi;
  • «Özbekipaksanoat» uyuşmasi;
  • «Özçarmsanoat» uyuşmasi;
  • «Özeltexsanoat» uyuşmasi;
  • «Özyoğmoysanoati» uyuşmasi;
  • «Özsanoatqurilişmateriallar» uyuşmasi;
  • «Özbekiston paxta-töqimaçilik klasterlari» uyuşmasi;
  • «Özbekzargarsanoati» uyuşmasi;
  • «Parrandasanoat» uyuşmasi;
  • «Özbekbaliqsanoat» uyuşmasi;
  • «Gul yetiştiruvçilar» uyuşmasi;
  • «Özbekiston asalariçilari» uyuşmasi.

Öz navbatida, assotsiatsiya xorijiy zavod bilan muzokaralarni taşkillaştiradi. Muzokaralar natijasi böyiça özaro kelişuvga muvofiq mahalliy korxona hamda xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar işlab çiqariş zavodi örtasida import örnini bosuvçi xizmatlar körsatiş böyiça mahalliy mutaxassislarning malakasini oşiriş maqsadida şartnoma tuziladi.

Malaka oşiriş xarajatlarini qoplaş uçun korxona tegişli tarmoq uyuşmasiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi;

mahalliy korxona va mahalliy mutaxassis örtasida tuzilgan mehnat şartnomasi;
xorijdagi işlab çiqaruvçi zavod bilan şartnoma;
tölovni, xizmatlar körsatilganligini tasdiqlovçi hujjatlar.