“Özbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida qayd etilişiça, Islom taraqqiyot banki, Rivojlaniş uçun islom birdamlik jamğarmasi va Ta’lim böyiça global hamkorlik taşkilotidan 200,25 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarni jalb qiliş orqali Özbekistonda ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş maqsad qilingan.
2025—2029 yillarda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriş va 72 mingtadan ziyod qöşimça öquv örinlarini yaratiş orqali sohadagi navbatlilik koeffitsiyentini kamaytiriş rejalaştirilmoqda. Kamida 500 nafar nogironligi bor öquvçilar uçun inklyuziv ta’lim şaroitlarini yaratiş közda tutilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari taklifiga asosan yangi maktablar qurilişi soniga va quvvatiga tegişli özgartirişlar kiritilişi mumkin.
Davlat ta’lim standartlari va öquv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş, kompetensiyalarga asoslangan ta’lim tamoyillarini joriy etiş, laboratoriya maşğulotlarini STEM standartlariga muvofiq taşkil qiliş ham belgilanmoqda. Xalqaro talablar va yondaşuvlar asosida 36 ming nafar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanişi ta’minlanib, malaka oşirişning “aralaş öqitiş” modeli joriy qilinadi.









