Kiyev va Vaşington örtasida imzolangan Ukraina mineral resurslari böyiça kelişuv Qöşma Ştatlarga uç yildan ortiq vaqt davomida özini Rossiya agressiyasidan himoya qilib kelayotgan mamlakatni qöllab-quvvatlaş uçun sarflagan milliardlab mablağni qoplaşga yordam beradi. Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar uşbu yordam uçun sarflangan 350 milliard dollardan ham köproq mablağ oladi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 may, payşanba kuni ertalab NewsNation axborot tarmoği orqali bayonot berdi.
Studiyada moderatorning AQŞning Ukrainadagi mavjudligi mintaqada Vladimir Putinni töxtatib turişi mumkinmi degan savoliga telefon orqali javob berar ekan, Tramp şunday ta’kidladi: «Bunday bölişi mumkin edi. Lekin men buni qilganim (Ukraina bilan resurs şartnomasini imzolaganim) sabab, biz 350 milliard dollar yoki şunga yaqin mablağ kiritganmiz, Yevropa esa yuz milliard dollar mablağ bergan. Ular pullarni qarzga bergan. AQŞning avvalgi prezidenti Bayden ularga 350 milliard dollarni naqd pul va jihozlar körinişida topşirdi. 350 va biz heç narsa olmadik. Davlat rahbari sifatida özimni juda ahmoqdek his qildim, sababi Yevropa öz pullarini qaytarib oladi, garçi u ança kiçikroq bölsa-da, biz esa heç narsa olmaymiz. Şuning uçun men ular (ukrainaliklar)ning oldiga bordim va: «Biz nodir metallarni olamiz», dedim. Ularda ba’zi minerallar, materiallar bor, ular köplab boşqa joylarda yöq. Bugun biz 350 milliard dollardan köproq pul oladigan bitim tuzdik».
Şu bilan birga, Tramp Ukrainadagi uruş tugaşiga erişişni xohlaşini aytdi, sababi «u yerda har hafta örtaça 5000 nafar yoş askar halok bölyapti». «Rossiyaliklar va ukrainaliklar. Bu amerikaliklar emas, lekin gap odamlar haqida ketyapti va bu juda açinarli».
Ayni paytda Britaniyaning BBC mediakompaniyasi hisob-kitoblariga köra, AQŞning Ukrainaga yordam körsatiş uçun sarflagan umumiy miqdori Donald Tramp aytayotgan 350 milliard dollardan «ança kam».









